"Barselona" Lautaro Martinesni xarid qilmoqchi
01 iyu 2019 10:49
Yangiliklar
"Barselona" Lautaro Martinesni xarid qilmoqchi
"Barselona" "Inter" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olmoqchi.
Kataloniya klubi 21 yoshli futbolchi uchun 112 million evro berishga tayyor.
"Barselona" Martinesga "Inter"dan ketishi kutilayotgan Mauro Ikardiga qaraganda ko'proq istiqbolli variant sifatida qaramoqda.
Lautaroning tovon puli 112 million evroni tashqil etadi. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi "Inter"ga 2018 yilda "Rasing"dan 22 million evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchi milanliklar tarkibida barcha turnirlarda 35ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urishga erishgan. Terma jamoa tarkibida esa 9ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urishga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar