"Barselona" futbolchilari avtomobillarini qaytaradigan bo'ldi
21 iyu 2019 13:15
Yangiliklar
"Barselona" futbolchilari avtomobillarini qaytaradigan bo'ldi
"Barselona" klubi "Audi" kompaniyasi bilan hamkorlikni yakunlandi.
SHu boisdan kompaniya tomonidan futbolchilarga tarqatilgan avtomobillar o'z joyiga qaytariladigan bo'ldi.
2018 yilda tomonlar shartnoma imzolaganidan keyin klubning har bir futbolchisiga kompaniyaning istalgan mashinasini tanlash imkoniyati berilgandi. O'shanda Leo Messi 150 ming evrolik "Audi RS 6 Avant", Serxio Buskets eng qimmat mashina 220 ming evrolik "Audi R8 Coupé V10"ni tanlagandi.
AS xabariga ko'ra, futbolchilarga mashinalarni qaytarish uchun 3 hafta vaqt berilgan. Tomonlarning hamkorligi 13 yil davom etdi.
Fikrlar