"Barselona" 3,25 mln. evro evaziga yarim himoyachi sotib oldi
23 may 2019 18:30
Yangiliklar
"Barselona" 3,25 mln. evro evaziga yarim himoyachi sotib oldi
"Barselona" rasmiy saytida klub "Groningen" yarim himoyachisi Lyudovit Reysni sotib olgani elon qilindi.
Transfer 3,25 mln. evro evaziga amalga oshdi. 18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 3 yilga mo'ljallangan, uni yana 2 yilga avtomatik tarzda uzaytirish imkoniyati mavjud. SHartnomadagi tovon puli 100 mln. evro.
Reys - kelib chiqishi slovakiyalik bolgan Gollandiya fuqarosi hisoblanadi. "Groningen" tarbiyalanuvchisi hisoblangan yigitcha 2017 yildan beri asosiy jamoada to'p tepadi. Joriy mavsum u Gollandiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar