So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  6 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  5 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Bahrom Haydarov: “Durangni yomon natija deb hisoblayman” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Durangni yomon natija deb hisoblayman”

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” - “Qo'qon-1912” (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hisob 1:1 ko'rinishda bo'lishi qaysidir manoda adolatli natija. Lekin “SHo'rtan” ham, biz ham yutib ketishimiz mumkin bo'lgan o'yin edi. Vaziyatlarni yakunlashda mahorat etishmayapti. Ikki jamoa ham teng o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda faollik biz tomonda bo'ldi, goldan so'ng shu ruhda davom eta olmadik. Bizga har bir o'yinda 3 ochko kerak, chunki ayni damda turnir jadvalida 5-o'rindamiz. Durangni yomon natija deb hisoblayman. 

- Gol o'tkazib yuborish jismoniy holat bilan bog'liqmi yoki jamoa g'alaba qozondik degan ruhiyat bilan o'ynadimi?

- Jismoniy holatimiz juda zo'r bo'lmasa ham, harxolda yaxshi. Hozirgi vaziyatda yomon emas. Oxirgi daqiqalarga qadar hujumkor o'ynadik. Gol o'tkazib yuborish indivudial xatolar evaziga yuzaga keldi. SHuning natijasida asabiylik kuzatildi.

- Bugungi durang jamoa maqsadlariga etishish yoki etishmasligi uchun qanchalik tasir ko'rsatadi?

- Bir tomondan bugun “SHo'rtan” g'alabaga erishganida bizdan anchayin o'tib ketardi. Safarda “SHo'rtan” bilan o'yinda ochko olish yomon natija emas aslida. Lekin biz har o'yinda 3 ochko olsak, maqsadga erishamiz. Duranglar ham biz uchun yomon natijaga aylanib qolayapti. Hali imkoniyatimiz bor. Oldindagi tur o'yinlarida jiddiy kurashamiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика