So’nggi yangiliklar

20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  0 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  30 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  0 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  8 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  6 17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  1 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1

Bahodir Nasimov: "Bugun futbolchilarimiz faqat muxlislar uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: "Bugun futbolchilarimiz faqat muxlislar uchun o'ynaydi"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 uchinchi saralash guruh bosqichi doirasida Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuv oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Bahodir Nasimov o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar ustidan g'alaba qozonadi. Bunga ishonaman. Bizni faqat va faqat yutuq qanoatlantiradi. Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'zlarini oqlash uchun faqat g'alaba uchun harakat qilish kerak. Bugun futbolchilarimiz muxlislar uchun o'ynaydi. “Bunyodkor” stadioni muxlislar bilan to'lib toshsa kerak, deb o'ylayman. Ishqibozlar bosh jamoamizni qo'llab-quvvatlasa istagan natijamizga erishamiz. Suriyaga qarshi uchrashuvda raqib jamoaning barcha futbolchilari tinmay yugurishdi.

 

Bizning futbolchilar esa 3-4 nafari o'ynayapti qolgani yugurmayapti. Bunday o'yin bilan hech qanday natijaga erishib bo'lmaydi. SHuning uchun ham barcha futbolchilar birdek jonini berib maydonda to'p tepishi kerak. Noto'g'ri fikr bildirgan bo'lsam barcha muxlislardan uzr so'rayman. Men ham Evropa futbolini tomosha qilaman, futbolchilar yomon o'yin ko'rsatishsa haqorat qilaman. Bu futbol. SHuning uchun hech kimdan hafa bo'lish kerak emas. Futbol shunday sport turi, kimdir g'alaba qozonadi yana kimdir mag'lub bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman.”, - deydi “Ansan Grinners” jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика