So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

PFL texnikasi vodiyning 4 ta shahrida sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi Yangiliklar

PFL texnikasi vodiyning 4 ta shahrida sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi

Endilikda Liga 6 ta professional kamerani o'z ichiga olgan ko'chma televizion stanciyaga ega.

"Shulardan 3 tasi Super slow motion kamera bo'lib, ular sifatli sekinlashtirilgan kadrlarni yozib olish imkoniyatini taqdim etadi. 

Xarid qilingan texnika Sprinter ichiga maxsus jihozlangan. Lozim holatda u uch barobar ko'proq kameralar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega. Ayni vaqtda KTS ichiga qo'shimcha 2 ta kamera jalb qilingan bo'lib, u umumiy hisobda 8 ta kamera bilan faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur KTS Superliga va O'zbekiston Kubogi bellashuvlarini nafaqat sifatli teletranslyaciya qilish imkoniyatini beradi, balki VAR takrorlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Futbol uchrashuvlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy holatlar rejissyor hamda tasvirchilar mahoratidan kelib chiqib, VAR uchun yuqori sifatli videotakrorlarni taqdim etishi mumkin.  

Liga “Sport ijodiy uyushmasi” bilan kelishgan holda o'z texnikasini vodiydagi futbol uchrashuvlariga jalb qilishga qaror qildi. Avvalroq KTS 27 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Superkubok o'yinida sinov tariqasida ishlagan bo'lsa, keyinchalik ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogining saralash uchrashuvlarida ishladi. Shundan so'ng Liga uni vodiydagi bellashuvlarga jalb qildi. Hozirgacha KTS Superliganing 17-18-turlaridan joy olgan 4 ta qarama-qarshilik: Namangan, Qo'qon, Farg'ona hamda Andijonda bo'lib o'tgan o'yinlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ularning barchasida 8 ta kameradan foydalanildi va mazkur holat Superliga o'yinlarining sifatli teletranslyaciya qilinishini taminladi, shuningdek, VAR bilan bog'liq takroriy lavhalarda aniqlik nisbatan oshdi. 

Avvalroq Liga o'z ofisida alohida studiya tashkil qilgandi. Mazkur studiyadan hozirga qadar MOQ, O'FA, O'FF kabi hamkor tashkilotlar ham foydalanib ulgurdi. Shuningdek, Liga bayrog'i ostidagi musobaqalarda ishtirok etadigan klublar azolari bilan fotosessiyalar shu studiyada tashkil etib kelinmoqda. Endilikda biz o'zimizning ilk ko'chma televizion stanciyamizga ega bo'ldik. Kelgusida bu yo'nalishdagi ishlar davom ettiriladi va Liga teletranslyaciyalar masalasini yangi bosqichga olib chiqish yo'lidagi izlanishlarini davom ettiradi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика