So’nggi yangiliklar

16:09"Олимпик-MobiUz" - "Локомотив". Таркиблар билан танишинг  0 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  5 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  8 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  6 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  40 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   36 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   12 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  17

BAA U-23 bosh murabbiyi Denis Silva: "Etiborimiz allaqachon Tojikiston bilan o'yinga qaratilgan" Yangiliklar

BAA U-23 bosh murabbiyi Denis Silva: "Etiborimiz allaqachon Tojikiston bilan o'yinga qaratilgan"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Yaponiya U-23 termasi BAA U-23 jamoasini mag'lubiyatga (1:2) uchratdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida BAA termasi ustozi Denis Silva qatnashdi.

O'yin haqida

- Umuman olganda o'yin yaxshi bo'ldi. Murabbiy sifatida o'yindan qoniqish hosil qildim. To'g'ri, mag'lubiyatga uchradik. Ammo yaxshi o'yin ko'rsatdik. Jamoamdan faxrlanaman. Oxirgi vaqtlarda jamoa sifatida o'sdik. Biroq bugun bazi xatolarga yo'l qo'ydik. Ko'p narsa o'xshamadi. Natijaning ahamiyati yo'q. Harakat qilishda davom etamiz. Etiborimiz allaqachon Tojikiston bilan o'yinga qaratilgan. 

- Bugun mayda detallar o'yinni hal qildi. BAA jamoasidagi kamchiliklar nimada deb o'ylaysiz?

- Imkoniyatlardan foydalanish. Aynan shu bizning kamchiligimizdir. Yaratilgan vaziyatlarda gol urishimiz kerak edi. Yaponiya kuchli jamoa ekanligini ham unutmaslik kerak. Ulardagi himoya chizig'i, darvozabon juda ajoyib harakat qildi. 

- Keyingi o'yin Tojikiston termasiga qarshi. Ular debyutant. Bu o'yindagi imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?

- Tojikiston terma jamoasida o'ziga bo'lgan ishonch yuqori. Ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo'ladi. Bugun mag'lub bo'ldik. Ammo buni allaqachon esdan chiqardik. Bor etibor keyingi o'yinga qaratilgan. Parij Olimpiadasida qatnashishni maqsad qilganmiz. SHu sabab ham, yoshlarga imkoniyat bermoqchimiz. SHu bilan birga, g'alaba qozonish ham muhim masala.

- Bugun BAA ajoyib o'yin ko'rsatdi. Umuman musobaqada jamoa uchun qanday maqsad ko'zlangan?

- Tajriba to'plash, futbolchilarni sinash. Barchaga imkoniyat berish. G'alaba uchun kurashish. Biz so'nggi soniyagacha kurashamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика