So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Astoydil mehnat - insonni orzusi sari etaklaydi... Yangiliklar

Astoydil mehnat - insonni orzusi sari etaklaydi...

Teglar :  Toir Tashmuxamedov
Oramizda shunday insonlar borki, ular butun borlig'ini o'zbek sportining rivojiga baxshida qilishgan. Har tomonlama etuk barkamol avlodni voyaga etkazishga bor diqqatini qaratishgan.

Respublika miqyosida o'tadigan turli ko'rinishdagi musobaqalarni ularsiz tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda Toir Tashmuxamedovni nafaqat Toshkent viloyatida balki respublikamizda ham tanimagan insonlar bo'lmasa kerak. Yaqin o'tmishning taniqli referilaridan biri uzoq yillar davomida sobiq Ittifoq birinchiligini ikkinchi va birinchi ligasi o'yinlarini, shuningdek, O'zbekiston milliy chempionati, O'zbekiston Kubogi va OFK tasarrufi ostida o'tgan xalqaro uchrashuvlarni boshqarganini ko'pchilik yaxshi biladi. Ayni paytda T.Tashmuxamedov ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslarida nazoratchi vazifasini bajarmoqda. SHuningdek, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabiga rahbarlik qilyapti. Yana sanoqli kunlardan so'ng T.Tashmuxamedov o'zining 60 yoshini qarshi oladi.

1957 yilning 13 may sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Otasi Nazir aka Toshkent kabel zavodida oddiy ishchi, onasi Mavjuda opa esa nonvoy bo'lgan. Takidlash joizki, Toir akani taqdirning katta sinovidan o'tgan insonlar qatoriga qo'shish mumkin. Masalan, Toir aka ikki oylik chaqaloqligida onasidan, to'qqiz yoshga to'lganida esa otasidan ayrilgan. So'ngra bolalar uyida tarbiya olgani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.

... Uning bolaligi Toshkent ekskovator zavodiga yaqin bo'lgan mahallada o'tgan. Bu erda esa “Start” stadioni joylashgandi. Sportga va futbolga bo'lgan qiziqish esa aynan shu stadionga etaklaydi. 8 yoshida birinchi murabbiyi Ivan Ivanovichdan millionlar o'yinining dastlabki sir-asrorlarini o'rgandi. Yuqorida qayd etilganidek, bolalik uyida bo'lgan kezlari ham (Toshkent shahri, 5-C mavzesidagi 5-mehribonlik uyi) sport bilan shug'ullanishni kanda qilmagan. U futbol bilan birga qo'l to'pi, voleybol, basketbol ham o'ynagan. Ayniqsa, intelektual sport turi sanalgan shaxmatni qoyillatgan. Hozir ham bo'sh vaqtida yaqin do'stlari bilan koptok tepadi. SHaxmat doskasida ham dona suradi.

– Bizga ichki ishlar xodimi, miliciya kapitani jismoniy tarbiya fanidan dars o'tgan. U kishi futbolning ashaddiy ishqibozi edi. Yaqin do'stim Aleksey Sarminov ikkimizni qo'limizdan ushlab “Paxtakor” jamoasining uy uchrashuvlariga olib borardi. Esimda, o'sha kezlari respublika bosh stadioni mahalliy muxlislar bilan to'lib toshardi, - deydi Toir Tashmuxamedov.

Yubilyarimiz 8-sinfni bitirgach, Qibrayga keladi va futbol bilan shug'allanishni davom ettiradi. Bu erda unga havaskor murabbiy Anvarxo'ja Qoraxo'jaev futboldan saboq beradi. 1977 yili Valeriy Ivanovich Nakanechniy T.Tashmuxamedovni Qibrayning “Binokor” jamoasiga chorlaydi. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutida tahsil olib yurgan chog'ida Vladimir Mosyagin uni hakamlik sohasida o'zini sinab ko'rishni taklif qiladi. 1984 yili u kishi Toshkent shahridagi “Olimpiya” mehmonxonasida tashkil qilingan hakamlar yig'inida qatnashadi. SHu tariqa T.Tashmuxamedov referilik ishiga o'tadi. 1995 yili esa FIFA referi unvoniga loyiq topilgan o'zbekistonlik olti nafar (Sardor Najafaliev, Bobur Haydarov, Zokir Abdullaev, Rashid Aytekov, Xushvaqt Muxtorov) hakamlar orasida Toir Tashmuxamedov ham bor edi...


- Vaqtni bejizga oqar suvga qiyoslashmaydi. Go'yoki kuni kecha yosh bola edik. Ayni chog'da esa nafaqa yoshiga etib qolibmiz... Taqdirimni sport bilan bog'lanimdan aslo nolimayman. CHunki aynan shu soha orqali bir qator xorijiy davlatlarni ko'rish nasib qildi. Sobiq Ittifoqning juda ko'plab shaharlarini kezganman. Mamlakat milliy chempionati hamda OFK tasarrufi uchrashuvlarini boshqardim. Qolaversa, juda ko'plab do'stlar, yor-u birodarlar orttirdim. Nazarimda, inson kasbini sevsa, o'z ustida tinimsiz ishlasa, izlansa, o'rgansa va chin dildan astoydil mehnat qilsagina maqsadiga etadi. Orzulari ro'yobga chiqar ekan, - deya o'z fikrini davom ettirdi yubilyarimiz.

Toir aka to'rt nafar farzandning mehribon otasi. Olti nafar nabiraning suyukli bobosi.


Fursatdan foydalanib, Toir Tashmuxamedovni tabarruk 60 yoshi bilan samimiy qutlaymiz. Uzoq umr, oilaviy xotirjam kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика