"Neftchi" afsonasi klubga qaytdi
28 apr 22:59
Yangiliklar
Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati elon qildi.
"Bir vaqtlar "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to'p surib, muxlislar etiborini qozongan Abdumajid Toirov yana "Neftchi"ga qaytdi. U yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U19 va U21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi.
Malumot uchun, Abdumajid Toirov 1974-yil 5-avgust kuni Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida O'zbekiston oliy ligasida debyutini 1996-yili ASK (Termiz) klubida boshlagan.Futbolchi klub bilan to'rt mavsumni o'tkazdi va 60 ta o'yinda ishtirok etdi. 2000-yilda esa u o'sha davrning eng kuchli klublaridan biri – Farg'onaning „Neftchi“ jamoasiga o'tib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq o'yinda maydonga tushdi. 2001-yilda mamlakat chempioni va to'rt karra kumush medali sovrindori, uch karra O'zbekiston kubogi finalchisi bo'lgan.
Abdumajid Toirov yoshlar bilan ishlashda bor mahoratini ishga solib, quvonchli natijalarga erishadi, deb umid qilamiz" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar