So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  21 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

Abdumajid Toirov: “Ikki jamoa o'rtasidagi kurash final yo'llanmasi hal qilingan kundanoq boshlangan” Yangiliklar

Abdumajid Toirov: “Ikki jamoa o'rtasidagi kurash final yo'llanmasi hal qilingan kundanoq boshlangan”

Teglar :  Abdumajid Toirov
Xabaringiz bor, bugun Farg'onada “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan bilan saytimiz xodimlari o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan taniqli mutaxassislardan bugungi final haqida fikr va mulohazalar olishmoqda. Jumladan, hozirda Farg'ona futbol akademiyasida ishlab kelayotgan taniqli sobiq futbolchi Abdumajid Toirovning fikrlari etiboringizga havola etiladi.

“Birinchi navbatda har ikki jamoa vakillarini finalga qadar etib kelganliklari bilan tabriklayman” - deya so'z boshladi Abdumajid Toirov. “Navbahor” ham, “Andijon” ham kubok doirasida ko'rsatgan o'yinlari nazdidan finalga munosib edilar. Bu albatta hammaga nasib etavermaydi. Ikki jamoaga ham omad tilayman.

Finalga bu ikki jamoaning chiqqan kunidan boshlab o'yin atrofidagi ajiotaj va atmosfera boshlanib ketdi. Ikki jamoaning muxlislari ham final uchrashuviga katta tayyorgarlik ko'rishayotganiga guvoh bo'layapmiz. Bugun mavsumning eng yaxshi o'yinlaridan birini, katta atmosferali finalni ko'rishimizga shubha yo'q” - deydi taniqli sobiq futbolchi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика