So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Eshitdik-da! "Navbahor" "Olimpik"ning 2 futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda Yangiliklar

Eshitdik-da! "Navbahor" "Olimpik"ning 2 futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda

Superliga klublari tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirishmoqda.

Kecha rasman Sergey Lushchanni bosh murabbiy sifatida tanishtirgan "Navbahor" transfer oynasida tezlikni oshirmoqda. "Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, namanganliklar "Olimpik"ning ikki nafar himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Bular: Saidazamat Mirsaidov (o'ng qanot himoyachisi) va SHahzod Toirov (markaziy himoyachi).

"Lochinlar" Mirsaidovni qishda ham tarkibga qo'shib olmoqchi bo'lgan, hatto u jamoaning Turkiyadagi yig'iniga ham borgan edi. Ammo, keyinroq "Olimpik"ning barcha o'yinchilari ortga qaytarilgan va ushbu transfer amalga oshmay qolgandi. Endi tomonlar o'zaro kelishuvga erishishgan va katta ehtimol Saidazamat 2-davra oldidan "Navbahor" tarkibiga borib qo'shiladi.

Toirov masalasi esa hali to'la hal qilinmagan, "Olimpik"dagilar asosiy tarkibning ko'pgina vakillari jamoani tark etayotgani sabab yana bir muhim futbolchini qo'yib yuborishni xohlashmayapti. Voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.


Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Mirsaidov joriy mavsum Superligada 13ta o'yin o'tkazdi va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 22 yoshli Toirov esa Superliga va O'zbekiston kubogida jami 10ta o'yinda maydonga tushdi hamda bitta gol urdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика