So’nggi yangiliklar

19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  1 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  2 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  0 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   2 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  6 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  2 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  7 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  1 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  4

Asror Aliqulov: “Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yinimizda kamchiliklar yo'q emas” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yinimizda kamchiliklar yo'q emas”

PRO-Liganing 1-turida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi o'z maydonida Urganchning “Xorazm” jamoasini qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng g'uzorliklar ustozi Asror Aliqulovning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Avvalo chempionatni g'alaba bilan boshlaganimiz va bu orqali G'uzor xalqiga xursandchilik ulashganimizdan xursandman. Mavsumning ilk rasmiy o'yini bo'lgani uchun ham yigitlarda birmuncha hayajon bo'lgani sezilib turdi. Qishki yig'inlar chog'ida sinov-nazorat o'yinlarini etarlicha tashkil eta olmaganimiz ham bugungi o'yinda bilindi. Hisobni birinchi bo'lib ochganimizdan so'ng raqib jamoa tenglashtirishga erishdi. SHundan keyin jamoamiz o'yinida biroz pala-partishlik yuzaga keldi. Yigitlar g'alaba ilinjida xarakat qildi. Ularda g'alabaga bo'lgan ishonch bor edi. Xudoga shukur, keyinchalik ketma-ket gollar kiritib ijobiy natija qayd eta oldik.Aniq eslay olmayman, “SHo'rtan”ning o'z uyida oxirgi marta bu kabi yirik hisobda g'alaba qozonganini. SHu bois  G'uzor xalqi yirik hisobdagi g'alabani sog'inib qolgandi.

-  Bosh murabbiy sifatida ilk rasmiy uchrashuvimni o'tkazdim. Yashirmayman, o'yin oldidan biroz hayajon bo'ldi. Lekin keyinchalik hammasi ortda qoldi. Raqibni xurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, bugun qanday hisobda bo'lmasin g'alaba qozonishimizga ishongandim. CHunki bilasiz, “SHo'rtan” o'tgan yili elitada ishtirok etgan. O'tgan mavsumdagi yigitlarning aksariyatini tarkibimizda saqlab qolganmiz. “Xorazm” esa bir necha yillardan buyon asosan quyi ligada ishtirok etib kelmoqda. Agarda o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmasligimizni sezgandim. Lekin yana qaytaraman, qishki o'quv-yig'in chog'ida nazorat o'yinlarini kam tashkil etganimiz tasirini o'tkazmoqda.

-    Futbolchilar haqida nima deyishim mumkin? Rejaga ko'ra yigitlar berilgan ko'rsatma bo'yicha avvaliga o'ynay olmadi. Ko'p vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. Biroz shoshib qoldi. Ayniqsa yoshlarning hali to'la tayyor emasligi bilinib qolmoqda. PRO-Ligada ikkita yosh futbolchini maydonda o'ynashi shartligi bois, menimcha ko'p jamoalarda yoshlar o'zlarini u qadar ko'rsata olmayapti. Bu borada boshqalarda ham muammo bor nazarimda. Lekin o'yinning ikkinchi taymida yoshlarimiz o'zlarini ko'rsatdi. Gollarda ularning hissasi katta bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni 50x50 bajardi.

-  Oldin ham aytganman, biz ko'p narsa yo'qotdik. Qishki yig'in chog'ida kamchiliklarni to'liq ko'rib olmadik. Rasmiy o'yinlar barini ko'rsatib beradi. Endi jamoamiz faqat o'yindan-o'yinga kuchayishi mumkin. SHuning uchun ham raqibga qarab tayyorgarlik ko'rib boramiz. O'zimizga kerakli bo'lgan o'yinchilarni olib qoldik. Keyingi o'yinga ertadan yana tayyorgarlikni boshlaymiz.



Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика