"Barcha davrlarning eng ortiqcha baho berib yuborilgan ingliz futbolchisi". APL sobiq futbolchisi Pol Skoulzning buyukligini uydirma deb hisoblaydi
04 avg 15:17
Yangiliklar


"Barcha davrlarning eng ortiqcha baho berib yuborilgan ingliz futbolchisi". APL sobiq futbolchisi Pol Skoulzning buyukligini uydirma deb hisoblaydi
"Sheffild" va "Birmingem" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning "afsonaviy" buyukligidan juda norozi. Uning fikricha, MYU xavbekining shon-shuhrati keragidan ortiq baholanadi.
"Skoulz "Manchester Yunayted" uchun aql bovar qilmas o'yinlarni o'tkazdi, lekin hech qachon futbolchilar tomonidan tanlab olingan PFA mavsum jamoasiga kirmagan. Buni shunchaki o'ylab ko'ring. Va buni futbolchilarning o'zlari tanlaydi. Hamkasblarning hurmati – etirofning eng yuqori darajasi.
Uning yonida Roy Kin, Rayan Giggz, Devid Bekxem, Duayt York va Endi Koul bor edi! Qo'shimchasiga, ortida Rio Ferdinand va Nemanya Vidich ham bo'lgan! Skoulz jamoani ortidan etaklagani – bu faoliyatini tugatganidan keyin rivojlantirilgan afsona.
Skoulz faoliyati davomida biror marta "Oltin to'p" sohibi bo'lmagan. Unga hech kim hech qachon ovoz bermagan. Barcha davrlarning eng ortiqcha baho berib yuborilgan ingliz futbolchisi. Iltimos, bu munozarani to'xtating", – dedi Vudxaus.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar