Aspilikueta: "Kepada top-darvozabon bo'lish uchun hamma narsa bor"
03 sen 2018 12:58
Yangiliklar
Aspilikueta: "Kepada top-darvozabon bo'lish uchun hamma narsa bor"
"CHelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta darvozabon Kepa Arrisabalaganing o'yiniga yuqori baho berdi.
"U yosh darvozabon va yaxshi inson. Uni Ispaniya terma jamoasidan yaxshi bilaman. Kepa juda iqtidorli va ajoyib individual sifatlarga ega. O'ylashimcha, u faqat yuqoriga ko'tariladi.
Kepa o'zini ko'rsatishda davom etmoqda, oldinda uni uzoq faoliyat kutmoqda. "CHelsi" uni sotib olganda xursand bo'lgan edim. CHunki, u jamoamizga ko'p narsa bera oladi. Kepa oyog'i bilan ham o'ynay oladi, himoyani boshqaradi, darvoza chizig'ida harakatchan va tez. Unda top-darvozabon bo'lish uchun hamma narsa bor", - dedi Aspilikueta.
Fikrlar