"Chelsi" sobiq futbolchisi "Gremio"ga o'tdi
06 sen 2025 12:51
Yangiliklar
"Chelsi" sobiq futbolchisi "Gremio"ga o'tdi
Braziliyalik futbolchi Villian "Gremio"ga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda futbol klubi sayti.
37 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning oxirigacha amal qiladi va uni yana 1 mavsumga uzaytirish mumkin.
Villianning so'nggi klubi Angliyaning "Fulxem"i bo'lib, u yozda shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etgan. Bungacha braziliyalik futbolchi "Shaxtyor", "Anji", "Chelsi", "Arsenal", "Olimpiakos va "Korintians" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Villian ikki marta Angliya chempioni bo'lgan, ikki marta Evropa Ligasida g'olib chiqqan, bir marta Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi sohibiga aylangan. Braziliya terma jamoasi tarkibida Amerika Kubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar