Menyanning "Chelsi"ga o'tmagani sababi malum bo'ldi
09 sen 23:24
Yangiliklar
Menyanning "Chelsi"ga o'tmagani sababi malum bo'ldi
"Milan" iyun oyidayoq darvozabon Mayk Menyanni sotib yuborishga tayyor edi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining yozishicha, "Chelsi" klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qadar posbonni sotib olishga harakat qilgandi.
Klublar haftalar mobaynida muzokaralar olib bordi va posbonni 18 million evrolik transferi borasida kelishuvga erishgandi. Biroq "Milan"ga Massimiliano Allegri bosh murabbiy bo'lganidan keyin klub rahbariyatidan posbonni sotib yubormaslikni so'ragan. Shu boisdan ushbu transfer amalga oshmagan.
Menyan "Milan"ga 2021 yil yozida ko'chib o'tgan va shu vaqtdan buyon jamoa tarkibida 166 o'yinda qatnashib, 172 gol o'tkazib yubordi va 61 bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar