Arteta: “MYU yaqqol uch vaziyatni golga aylantirdi, ustunlik esa biz tomonda edi”
05 sen 2022 08:35
Yangiliklar
Arteta: “MYU yaqqol uch vaziyatni golga aylantirdi, ustunlik esa biz tomonda edi”
“Arsenal” ustozi Mikel Arteta jamoasining mavsumdagi ilk mag'lubiyatini MYUdan (1:3) qabul qilib olgan o'yin haqida fikr bildirdi.
“Kuchli o'yin ko'rsatgan paytimiz bo'ldi, uchrashuvni to'liq nazorat qilib, ustunlikka erishgandik. Vaziyatlar ketidan vaziyatlar yaratdik, ammo foydalanishga kelganda omadsizlikka uchradik. “Manchester Yunayted” esa raqibning bo'sh nuqtasini topsa, unga muammo tug'dirishga qodir.
Ular yaqqol uch vaziyatdan gol urdi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ammo bu ijobiy natija keltirmadi. Dastlabki 18 daqiqalik biz uchun og'ir o'tdi, o'yinni nazorat qilolmadik, lekin keyin ustunlik biz tomonga o'tdi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
“To'pchilar” mag'lubiyatga qaramay, APL turnir jadvalida 15 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar