"Arsenal" "CHelsi"ning Mudrikka bo'lgan qiziqishidan xavotirda emas
07 jan 2023 13:28
Yangiliklar
"Arsenal" "CHelsi"ning Mudrikka bo'lgan qiziqishidan xavotirda emas
Vinger bilan shartnoma imzolanishiga "kanonirlar"ning ishonchi komil.
"Arsenal" hamon Doneckning "SHaxtyor" klubi yarim himoyachisi Mixail Mudrikka qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga "CHelsi" ham davogarlik qilyapti.
Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, "Arsenal" "CHelsi"ning Mudrikka bo'lgan qiziqishidan xavotirlanmayapti.
"CBS Sports" muxbirining yozishicha, muzokaralarda "kanonirlar"da imkoniyat yuqori, chunki "ko'klar" egasi Todd Boeli "SHaxtyor" so'ragan narxga rozi bo'lmaydi.
Mudrik joriy mavsum "SHaxtyor" safida 18 ta o'yinda qatnashib, 10 ta to'p kiritdi hamda 8 ta golga assistentlik qildi.
22 yoshli vingerning "SHaxtyor" bilan kelishuvi 2026 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar