"Arsenal" ashaddiy raqibidan futbolchi olmoqchi
18 dek 2024 16:25
Yangiliklar
"Arsenal" ashaddiy raqibidan futbolchi olmoqchi
"Arsenal" "CHelsi" yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xollni sotib olmoqchi.
Futbolchiga shuningdek "Lester", "Fulxem", "Reyndjers", "Tottenxem", "Aston Villa", "Nyukasl", "Brayton", "Brentford" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirishmoqda. Bu poygada "Arsenal" favorit hisoblanmoqda.
Dyusberi-Xoll kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun "CHelsi"dan ketmoqchi. "Aristokratlar" uni sotishga tayyor.
Futbolchi "CHelsi"ga yozda "Lester"dan 35,4 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Bu mavsum 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi. Transfermarkt angliyalik futbolchini 28 million evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar