Arne Slot 88 yillik nohush ananaga chek qo'ydi
02 sen 09:20
Yangiliklar
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot 88 yil ichida Angliya chempionati doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi ilk safar o'yinida g'alaba qozongan birinchi jamoa murabbiyi bo'ldi. Bu haqda "Squawka" xabar berdi.
So'nggi bor 1936 yilda Jorj Key "Old Trafford"da ilk uchrashuvida g'alaba qozongandi. Undan keying hech bir murabbiy "qizil iblislar" maydonidagi debyut o'yinida g'alaba qozonmagan.
Eslatib o'tamiz, uch tur yakunidan so'ng Slot jamoasi yuz foizlik natijaga erishgan holda "Manchester Siti" bilan musobaqa etakchisi bo'lib turibdi. "Qizil iblislar" esa mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalining 13-pog'onasiga tushib ketdi.
Fikrlar