So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Ariagner Smit Medina: “Kuchli raqobat futbolchiga foyda keltiradi” Yangiliklar

Ariagner Smit Medina: “Kuchli raqobat futbolchiga foyda keltiradi”

So'nggi yillarda statistikaga nazar soladigan bo'lsak, klublarimizda faoliyat yuritgan legionerlarning aksariyati Serbiya davlatidan ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Lekin joriy yildan etiboran Superliga klublari o'z ananalaridan voz kechgan holda boshqa mamlakatlardan ham futbolchilarni jalb etishmoqda. Milliy chempionatimizda ilk bor to'p tepayotgan Smit Medina, Nikaragua davlati vakili hisoblanadi. Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlari arafasida, legioner hujumchidan intervyu oldik.

- Birinchi davrani “Qizilqum” jamoasida o'tkazdingiz, endi esa “temiryo'lchilar” safidasiz. Bu ikki klub orasidagi tafovutni aytib bera olasizmi?

- Albatta farq katta. Talablar ham shunga yarasha. Hozirgi jamoam O'zbekistonning avvalgi yildagi chempioni sanaladi. SHuning uchun bu erda bizdan ko'p narsa kutishadi.

- CHempionat boshida ketma ket gollar urayotgan edingiz, umuman legioner sifatida chakki ko'rinmadingiz. Ikkinchi davrada o'yiningizni pasayishi nima bilan bog'liq?

- To'g'ri takidladingiz. O'z ustimda ishlashdan to'xtamayman va nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman.

- Malumotlarga qaraganda, Samvel Babayan bilan Latviyada bir jamoada ishlagan ekansiz.

- Ha, birinchi marta Yurmalaning “Spartak” klubida u bilan tanishganman.

- Joriy yil shiddatlarga boy o'tayotgan Superliga bahslari sizda qanday taasurot qoldirmoqda?

- Raqobat kuchli, bunday sharoit futbolchiga faqat foyda keltiradi, o'sishga erishadi. O'zim uchun yanggi qirralarimni ochdim.


Abdulaziz suhbatlashdi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика