APL tarixidagi eng kech golga kim mualliflik qildi?
22 jan 2024 14:25
Yangiliklar
APL tarixidagi eng kech golga kim mualliflik qildi?
APLning 21-turida "SHeffild Yunayted" "Vest Xem" bilan sermahsul durang o'ynadi – 2:2.
Oli Makberni penaltini golga aylantirib, jamoasi durang qayd etishida hissa qo'shdi.
Qizig'i shundaki, Makbernining goli Angliya Premer-ligasi tarixida ushbu statistika yuritila boshlanganidan beri (2006/2007 yilgi mavsumdan boshlab) eng kuch urilgan gol bo'ldi. Hujumchi 103-daqiqada "bolg'achilar" darvozasini ishg'ol qildi.
Bungacha chempionat tarixidagi eng kech kiritilgan to'p Dirk Kyuytning 2011 yilda "Arsenal"ga urgan goli bo'lgandi. Niderlandiyalik futbolchi "kanonirlar" darvozasini 102-daqiqada ishg'ol qilgan.
"SHeffild Yunayted" APL musobaqa jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar