So’nggi yangiliklar

00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  32 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  169 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4

Anvar Berdiev: "Pley-offda kim raqib bo'lishidan qatiy nazar o'ynashimiz kerak" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Pley-offda kim raqib bo'lishidan qatiy nazar o'ynashimiz kerak"

Pro-liganing 28-turi doirasida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin "SHo'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Kurashuvchan o'yin bo'ldi. CHunki ikkala jamoa ham pley-off vazifasini bajarib bo'lgandi. Durangni adolatli natija deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" jamoasiga 4 dekabr kungi o'yinda omad tilayman.

- Pley-offda qaysi raqib tushishini istaysiz?

- Kim bilan bo'lishidan qatiy nazar, o'ynashimiz kerak. CHunki Superligada oddiy jamoaning o'zi yo'q. Lekin Pro-ligadagi jamoalarning imkoniyati balandroq, chunki ular o'z maydonlarida o'yinlarni qabul qilishadi. SHu sababli jamoalar harakat qilib, o'z vazifasini bajarsa bo'ladi.

- Yil boshida nimalarni kutgandingiz, nimalar o'xshadi-yu, nimalar amalga oshmadi?

- Yigitlarning kichik vaziyatlarda etiborni yo'qotgani uchun ko'p o'yinlarda mag'lubiyatga uchradik. Endi bu ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Pro-ligada o'tkinchi o'yinning o'zi yo'q, har bir bahs qiyin o'tdi. Ikki yildan beri pley-off bahslarida ishtirok etyapmiz. Yildagi barcha harakatlarimizni aynan shu o'yin ko'rsatib beradi.

- Bu yil Qashqadaryo uchun omadli bo'ldi. Superliga va Pro-ligada Qashqadaryo viloyati vakillari peshqadamlik qilishdi. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Bu mavsum Qashqadaryo klublari uchun zo'r o'tdi. "Nasaf" va "Mashal"ni tabriklayman. Bizda ham imkoniyat bor. Ozgina imkoniyat uchun ham kurashamiz. Agarda Superligaga chiqsak, Qashqadaryo futboli uchun katta yutuq bo'ladi. CHunki bu erda futbolga etibor katta, muxlislar ham jamoalarni qo'llab-quvvatlaydi. Muxlislar "Nasaf"ni, "Mashal"ni yaxshi ko'rishadi. "SHo'rtan"ni ham eski muxlislarimiz ham qo'llab-quvvatlamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика