Anvar Berdiev: "Mavsumning ilk o'yiniga mos uchrashuv bo'ldi"
13 mar 2024 20:11
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Mavsumning ilk o'yiniga mos uchrashuv bo'ldi"
O'yin haqida
- Avvalo barcha yurtdoshlarimizni Ramazon oyi kirib kelganligi va Pro-liganing ochilishi bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuv mavsumning ilk o'yiniga mos tarzda o'tdi. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi, lekin birinchi o'yinlarda baribir oson bo'lmaydi.
- "SHo'rtan" oldiga bu yilgi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?
- Klub rahbariyati va homiylar tomonidan jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yildi.
- Futbolchilar bilan aksariyat shartnomalar 2024 yil dekabr oyigacha tuzilganiga sabab nima?
- Men jamoaga taklif etgan futbolchilar menga ishonishadi. Agar biz oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olsak, shartnomani uzaytirish muammo bo'lmaydi.
- Sariq kartochkalar ko'payib ketganiga munosabatingiz?
- Futbolchi o'yin davomida kartochka oladi, bu normal holat. Lekin hakam bilan tortishib kartochka olishni qattiq qoralayman. Bunday holat uchun Reglamentda ham jazo bor. SHuningdek, klub ichki tartib-qoidalariga ko'ra ham bunday futbolchini jazolaymiz.
- Bugungi o'yindan qoniqdingizmi?
- "Buxoro" o'tgan mavsum Superligadan tushgan, ularda aniq maqsad borligi aniq. Birinchi o'yinligidan kelib chiqsak, natijadan qoniqdim. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar