So’nggi yangiliklar

10:21Англия терма жамоаси сардори ЖЧ фаворитлари ҳақида гапирди  0 09:48Де ла Фуэнте бошчилигидаги Испания терма жамоаси рекорд ўрнатди  0 09:14Переснинг "Реал"даги тақдири маълум  3 08:40"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда  4 08:06Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:40"Арсенал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  1 03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  12 03:03ЖЧ саралаши. Швейцария ва Грецияда ғалаба, Дания ўз уйида Беларусни мағлуб этолмади ва бошқа натижалар  0 02:03ЖЧ саралаши. Испания Грузияга жавобсиз 4 та гол урди, Туркия, Австрия ва Уэльсда ҳам ғалаба  0 01:17U-17 ЖЧ. Нимчорак финал ўйинлари вақти маълум бўлди  15 00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  4 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  13 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  1 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  269

"Andijon" sardori: "Jamoamizda g'olibona ruh shakllangan" Yangiliklar

"Andijon" sardori: "Jamoamizda g'olibona ruh shakllangan"

"Andijon" klubining Antaliya shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.

Klub matbuot xizmati kuni kecha Slovakiyaning "Belusha" jamoasiga qarshi bellashuvda biroz jarohat olgan tajribali himoyachi, jamoa sardori Ildar Mamatkazin bilan suhbat qurdi.

- Ildar jarohatingiz haqida so'ramoqchimiz. Jiddiy emasmi?

- Jiddiy emas. Har doimgidek, uchrab turadigan turadigan holat. Ozgina qoshim yorildi, shu xolos. Hammasi joyida.



- Slovakiya klubiga qarshi o'yindan qanday taassurot oldingiz?

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Durangga mos uchrashuv bo'ldi. Jismoniy yuklamalar ostida o'ynayapmiz. Asosiysi, natija emas. Turli taktik sxemalar shu o'yinlar orqali sinab ko'rilyapti. Raqib ham o'ziga yarasha shakllangan. Taktik, texnik va jangovar jihatlarga ega. Bu jamoa uchinchi divizion vakili bo'lishiga qaramasdan, ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Evropa futbolining havosi borligi sezilib turibdi.

- Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini hakida nima degan bo'lardingiz?

- Antaliyadagi yig'inimiz juda yaxshi o'tyapti. Asosan, jismoniy tayyorgarlik va o'yin amaliyotiga ega bo'lyapmiz. Har xil taktik sxemalarni o'yinlar orqali sinovdan o'tkazyapmiz. SHaroitlarga keladigan bo'lsak, barchasi alo darajada. Jamoa ichidagi muhit ham juda yaxshi. Futbolchilar mashg'ulotlarda tinimsiz ravishda, o'zlarini ayamasdan bor kuchini sarflashyapti.



- "Andijon" chempionatning ilk turini safarda OKMKga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Bu borada fikringiz qanday?

- O'tgan yili ham bizga etakchi jamoalardan biri to'g'ri kelgan. Bu yil ham yana etakchilardan biri bilan o'ynaymiz. O'tgan yili isbotladikki, bemalol favoritlarga qarshi o'ynay olamiz. SHuning uchun kim ro'baro' bo'lishidan qati nazar asosiy maqsadimiz – faqat g'alaba. O'tgan yili etakchilarga qarshi o'ynab, o'zimizni ko'rsata olganimiz bois jamoamizda g'olibona ruh yaxshi shakllangan. O'zimizga bo'lgan ishonch ham yuqori.

- SHuningdek, "Andijon"ning Antaliyadagi sparring-raqiblari xususida nima degan bo'lardingiz?

- Koreya Respublikasi U-23 terma jamoasi yoqdi. Tezkor va hujumkor. Jismonan ham kuchli futbolchilardan iboratligi ko'rindi. CSKAga qarshi uchrashuvda ham raqib yuqori darajadagi jamoa ekanligi bilinib turdi. Umuman olganda, o'ynayotgan raqiblarimiz yaxshi taassurot qoldirmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика