So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  20 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  24 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

“Andijon” nazorat uchrashuvida “Cementchi”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Andijon” nazorat uchrashuvida “Cementchi”ni mag'lub etdi

Teglar :  AndijonCementchi
Joriy mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan andijonliklar o'z maydonida super liga ishtirokchisi bo'lgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o'rtoqlik o'yini Andijon shahridagi Bo'ston dahasida joylashgan “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi”ning maydonida tashkil etildi. Garchi uchrashuv nazorat-sinov maqomi ostida o'tgan bo'lsada, maydonda keskin kurash kechganini takidlash lozim. Jamoalar g'alaba ilinjida astoydil xarakat qildi. Qolaversa har ikki klub tarkibida ko'rikda bo'lib turgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatish uchun ham maydonda bor kuchini berib o'ynadi.  
 
Jamoalar gol urish uchun bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo'lsada, birinchi taymda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa har ikki jamoa safida o'zgarishlar yuz berdi.

Maydon markazida mehmonlar o'yin qoidasini buzdi. Belgilangan jarima to'pini himoyachi Dilmurod Mahmudov amalga oshirdi. To'p “Cementchi” jarima maydoniga oshirib berilgach, himoyachi Iqbol Boboxonov va darvozabon Farrux Turdaliev o'rtasida o'zaro tushunmovchilik yuzaga keldi. Natijada to'p darovza to'ridan joy oldi – 1:0.


SHundan so'ng quvasoyliklar hisobni tenglashtirishga urindi. Ammo uchrashuvda boshqa gol qayd etilmadi. Natijada nazorat o'yini “burgutlar”ning g'alabasi bilan yakun topdi. Asosiysi bu kabi sinov-nazorat o'yinlarida murabbiylar natijadan ham ko'ra, qo'li ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib oldi.  

SHu tariqa “Andijon”ning ikkinchi bosqich yig'ini yakuniga etdi va futbolchilarga ikki kunlik tatil elon qilindi. Endi andijonliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlari 23 yanvardan Toshkentda davom ettiriladi. Bo'lajak yig'in davomida “Andijon” super liga klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan.  


Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, malum muddat “So'g'diyona” yig'inida ishtirok etgan iqtidorli yarim himoyachi Oybek Nurmatov yana “Andijon” ixtiyoriga qaytib keldi. Undan tashqari o'tgan mavsum “Cementchi” safida o'ynagan himoyachi Maruf Zokirjonov ham kuni-kecha “Andijon” tarkibiga kelib qo'shildi. “Mashal-2” safida o'ynagan yarim himoyachi Muni-Mirmuhsin Yusupovni ham murabbiylar ko'rikdan o'tkazishayotganini aytish lozim. SHuningdek o'tgan yili “Yangier” darvozasini ko'riqlagan iqtidorli posbon Husan Olimjonovni ham ayni damda “Andijon” yig'inida ishtirok etayotganini malum qilamiz.  
 
Murabbiylar shtabi Toshkentdagi yig'in chog'ida asosiy etiborni tarkibni shakllantirishga qaratadi. Ayni damda selekciya ishlari bo'yicha keng ko'lamda ish olib borilayotganini va bu borada bir nechta tajribali futbolchilar bilan muzokara o'tkazilayotganini aytish lozim. SHu bois poytaxt yig'inida bir qator yangi nomlar tarkibga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda keyingi xabarlarimizda yana malumot berib boramiz.  

 
20.01.2018 yil
Nazorat uchrashuvi
“Andijon” – “Cementchi” 1:0 (0:0)
Andijon. “BO'FM” maydoni.
Hakamlar: 
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Elziyod Isomiddinov.

“Andijon”: Xusan Olimjonov, Artur Mamatkazin, Ildar Mamatkazin (S), Mirshohid Olimov, Alisher To'xtasinov, Oybek Nurmatov, Usmonali Ismonaliev, Baxtiyor Qosimov, Maqsud Mahmudov, Uyg'un Bobonazarov, Alisher Abduvohidov.  
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHoxrux Ergashev, Ibrohim Otaxonov, Jahongir Mahsudov, Dilmurod Mahmudov, Muni-mirmuhsin Yusupov, Maruf Zokirjonov.

“Cementchi”: Farrux Turdaliev, Aybek Nurboev, SHukurali Po'latov, Davron Mamatov (S), Iqbol Boboxonov, Elyor Mamasoliev, Sunnat Ermatov, Otabek Ahmadjonov, Abbos Maxstaliev, Abdulaziz Yusupov, Davron Isoqov.  
Zaxira: Timur Usmonov, Abdurasul Komilov, Qahramon Mahamadjonov, Sardor Qahhorov, Furqat Hasanboev, Otabek Isroilov, Jamshid Qobulov.      
   
 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика