Ancha muddatni maydon tashqarisida o'tkazgan ikki futbolchi "CHelsi" mashg'ulotlariga qaytdi
04 jan 2024 11:39
Yangiliklar
Ancha muddatni maydon tashqarisida o'tkazgan ikki futbolchi "CHelsi" mashg'ulotlariga qaytdi
"Ko'klar"da kadrlar bilan bog'liq holat yaxshilanmoqda.
"CHelsi" himoyachisi Ben CHiluell va yarim himoyachi Karni CHukvuemeka jamoaviy mashg'ulotlarga kirishishdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkala futbolchi ham jarohat tufayli ancha vaqtni o'tkazib yuborishdi. CHiluell sentyabr oxiridan, CHukvuemeka esa avgust oxiridan beri o'ynamagandi.
"CHelsi" navbatdagi o'yinini 6 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida o'z maydonida "Preston"ga qarshi o'tkazadi.
Oldinroq "aristokratlar" La Liga to'purarlaridan biriga ega chiqmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar