So’nggi yangiliklar

20:05Ислом Исмоилов: "Финалларда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади"  0 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  8 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  8 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  12 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1

Alisher Aminov o'zbek futboli haqida nimalar deydi? VIDEO Yangiliklar

Alisher Aminov o'zbek futboli haqida nimalar deydi? VIDEO

Teglar :  Alisher Aminov
Alisher Aminov - Toshkentda tug'ilgan, iqtisod fanlari nomzodi, "Huquqiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash xalqaro fondi" vice-prezidenti studiyamiz mehmoni bo'ldi.
O'zbek futboli rivoji bo'yicha o'z takliflari, Toshkentda taqdim etilgan o'z dasturi va Federaciya boshqaruvidagi kamchiliklar haqidagi intervyuni tomosha qiling.

Mehmon asosiy etiborni 12 sentyabr kuni Toshkentda o'tadigan O'FF prezidentligi uchun saylovga qaratdi. Aminovning fikriga ko'ra saylov FIFA reglamentiga mos ravishda o'tishi shart, aks holda bu "o'zbek futboliing ortga ketishiga sababchi" bo'lar ekan.

Bundan tashqari, Aminov futbol klublarini hususiylashtirish tarafdori. Uning taklifiga ko'ra klublar kuchli futbolchilarni tarbiyalab ularni xorijga sotish orqali o'zini o'zi moliyalashtirishi kerak. Klublardan imkon qadar davlat byudjetidan kamroq pul olishga chaqirmoqda. 

"Terma jamoa JARda mashg'ulot o'tkazadi, mehmonxonada yashaydi... Uysiz, bazasiz jamoa.. Ulardan yana qanday natija kutayapsiz?" deydi Aminov.

"Har yili O'zbekistonda davlat futbol uchun 70 mln dollar ajratadi. Bu pullar qaerga ketadi?"

"O'zbek futboli foyda keltirishi mumkin edi".

"Rivojlangan mamlakatlarda davlat futbolga pul ajratmaydi". 

Video. Birinchi qism.




Suhbatning ikkinchi qismida Alisher Aminov mamlakatimizdagi futbol boshqaruvini kuzatib o'z fikrlarini bildirdi.

Bundan tashqari Aminov jurnalistlarni ham davlatda futbol rivojlanishi yoki aksi uchun javobgar deb hisoblashini malum qildi.

Suhbat jarayonida biz Aminovga noqulay savol berdik - uzoq vaqt davomida u O'FF va o'zbek futboli haqida yaxshi fikrda bo'lib keldi, biroq uning fikri keskin o'zgarib qoldi. Bunda uning tog'asi Rustam Akramovning O'FFdan ketishi rol o'ynagan degan taxminlar bor edi. Aminov esa bu savolga dastlabki yillarda bu erdagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo'lmagani, oxirgi yillarda barchasi o'zgarganini va o'zi tug'ilib o'sgan joyda futbol rivojini istashini malum qildi.

Aminov oldingi intervyularida shunday degandi: "Men O'zbekistonga lavozim uchun kelmadim. SHunchaki o'zim tug'ilib o'sgan va futbolga ilk qadamlaimni qo'ygan diyorga yordam berish niyatidaman".

Eslatib o'tamiz, hozirda Aminov SHveycariyada yashamoqda va o'sha erda "Huquqiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash xalqaro fondi" vice-prezidenti lavozimida ishlamoqda.

Video. Ikkinchi qism.




Matluba Mustaeva suhbatlashdi
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика