"Boshqa qitaga yo'llanma berilishi - safsata". Alisher Nikimbaev JCH-2026 da Eronning o'rnini kim egallashini tushuntirdi
11 mar 18:13
Yangiliklar
"Boshqa qitaga yo'llanma berilishi - safsata". Alisher Nikimbaev JCH-2026 da Eronning o'rnini kim egallashini tushuntirdi
Rasmiy tasdiq yo'q, ammo asosiy davogar — Iroq
Mutaxassisning takidlashicha, hozircha vaziyat faqat taxminlarga asoslangan:
"Gapni shundan boshlash kerakki, Eron futbol federaciyasi tomonidan bunday qaror bo'yicha hech qanday rasmiy tasdiq yo'q. Sport vazirining aytgan gaplari bunga to'liq asos bo'la olmaydi. Ammo, gipotetik jihatdan voqealar aynan shunday ko'rinish olishini taxmin qiladigan bo'lsak, ro'yxatning eng boshida saralashning qitalararo finaliga chiqqan Iroq turadi".
Yo'llanma baribir Osiyoda qoladi
Nikimbaev bo'sh qolgan o'rin boshqa qita vakillariga berilmasligini qatiy takidladi:
"Agar qaror Iroq foydasiga hal qilinsa, pley-offdagi o'tish o'yinlariga ularning o'rniga BAA terma jamoasi yo'l oladi (Amirliklar Osiyo mintaqasidagi o'tish o'yinida Iroqqa mag'lub bo'lgan edi). Bo'sh qolgan o'rinni boshqa konfederaciyalar jamoalariga olib berish haqidagi barcha gap-so'zlar — shunchaki safsata. JCH-2026 uchun mo'ljallangan ushbu yo'llanma baribir Osiyoda qoladi", — dedi Nikimbaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Бизга нисбатан нохакликку бу.
Биз Эронни, Ирок эса бизнинг уринни эгалласа адолаттан булади
Охирги абзацга қаранг