Aleksandr Xomyakov: “Ketma-ket mag'lubiyatlar girdobida qolgandik”
20 sen 2024 23:33
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: “Ketma-ket mag'lubiyatlar girdobida qolgandik”
Superliganing 19-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” - “Andijon” (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Og'ir o'yin bo'ldi. Bugungi uchrashuvda birinchi bo'lim gol o'tkazib yuborganimizga qaramay hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng ochko qo'lga kiritishni uddaladik. Superliga ikkinchi davrasida biz omadsiz o'yinlar qarshisida qolgandik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, bugun ular ko'rsatmalarni to'g'ri va aniq bajarishdi. SHuningdek, qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham raxmat. So'nggi daqiqalarda yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olganimizda, balki 3 ochkoga ham ega chiqardik, - deydi andijonliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar