Aleksandr Xomyakov: "Bu yil uchun "Andijon"ga "4" baho qo'yaman"
01 dek 2023 18:15
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bu yil uchun "Andijon"ga "4" baho qo'yaman"
O'yin haqida
- Yigitlar harakat qilishdi, vaziyatimizdan foydalandik va gol urdik. G'alabaga sabab bo'lgan faktor biz uchun ishonch edi. Mavsum yakuniga etdi, qaerdadir omadli bo'ldik, yana boshqa joylarda shu faktor bizga pand berdi. Qo'llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdormiz. Bizning muxlislar qanday kuchga ega ekanini barcha yaxshi biladi. Jamoada ishlagan har bir xodim va mutaxassislarga ham rahmat aytaman.
- Siz jamoaning mavsumni ettinchi pog'onada tugatganidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Natijalarimizdan qaysidir manoda ko'nglim to'ldi. O'zimizga baho bera olmaymiz, bu xulosani tashqaridan ko'rgan kishi berishi mumkin. O'zimga qolsa mavsum uchun "4" baho qo'yardim, xatolarimiz bo'ldi. Lekin yomon mavsum o'tkazmadik deb o'ylayman. Navbatdagi mavsumga yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar