So’nggi yangiliklar

16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  46 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  0 15:30А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Кальяри"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  3 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  4 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  12 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  9 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0

"Al Vasl" ustozi: "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor" Yangiliklar

"Al Vasl" ustozi: "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor"

Elit Osiyo CHempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Vasl" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda "Al Vasl" bosh murabbiyi Milosh Miloevich ishtirok etdi. 

- "Paxtakor"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Ertaga bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Paxtakor" tashkiliy jihatdan juda intizomli va tartibli jamoa sanaladi. Ularning o'yinlarini ko'rib chiqib shunga amin bo'ldikki, jamoa futbolchilari murabbiy ko'rsatmasini to'la-to'kis bajarishadi. "Paxtakor"ga hurmat saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, biz ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Jamoada kichik muammolar bor edi. Ertangi o'yin oldidan ushbu muammolar bartaraf etiladimi?

- Ha, bizda yo'qotishlar bor. Ertaga uch balki undan ko'p futbolchilar xizmatidan foydalana olmaymiz. SHunga qaramay, ular o'rnini boshqa futbolchilar bilan to'ldirib, ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Bizda saviyali o'yinchilar etarlicha. 

- Jamoaning jismoniy holati qay darajada? Sababi jamoa har 3-4 kunda maydonga tushishga majbur bo'lmoqda. 

- Biz shunday tig'iz taqvimda o'ynashga majburmiz. Lekin bu holat faqat bizda emas, balki global muammo sanaladi. SHunday ekan, jamoa keyingi o'yinga juda tez fursatda tayyorgarlik ko'rishi kerak. To'g'ri, taqvim tig'iz, lekin tez-tez futbol o'ynab turish futbolchilarning o'ziga ham yoqadi. 

- Jamoalarning transfer qiymati va boshqa jihatlar bo'yicha tavofut katta. "Al Vasl" bu borada qog'ozda sezilarli ustunlikka ega. Bu jamoangizning kuchliligidan darak beradimi?

- Agar siz aytayotgan jihatlar bo'yicha favorit hisoblansak, bundan xursandman. Ammo hozirda ko'pchilik Transfermarkt'dagi narxi va boshqa ko'rsatkichlariga qiziqib qolgan, yani ko'pchilik futbolga tashqaridan qaraydi. Bunday etirofdan xursandman, lekin jamoamni yaqqol favorit deb hisoblamayman. Jamoaning CHempionlar Ligasidagi oxirgi o'yinlarini ko'rib, shunday xulosaga kelish mumkinki, ular, ayniqsa, o'z maydonida ko'p jamoaga boshog'riq tug'diradi. Transfer narxi bir jamoani ikkinchisidan yaqqol favorit qilib qo'ymaydi.

- "Paxtakor"ning o'tgan mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdingiz, biroq jamoa joriy mavsum jamoani yoshartirish yo'lidan yurmoqda. Bunga qanday qaraysiz? Yosh jamoaga qarshi qanday o'yin taklif qila olasiz?

- To'g'ri, jamoaning o'tgan yilgi va hozirgi o'yinlarini solishtirganda, farq ko'zga tashlanadi. Biroq jamoada yaxshi avlod etishib chiqmoqda. Yosh jamoaga qarshi o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Masalan, "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor. SHu jihatlar bizga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushishimizdan qati nazar, dastlabki daqiqalardan o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qialmiz. 

- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi nimalardan iborat?

- Biz o'tgan yili bu erga kelishga, yani OCHLda ishtirok etishga arziydigan natija ko'rsatdik. Biz bunga haqlimiz. O'yindan o'yinga kuchayib, har bir o'yinda ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Qanday musobaqada ishtirok etmaylik, o'z o'yinimiz orqali 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
17 sen 14:13:45
Dilmurod Umarov
Al-Vasl bilan bo'ladigan o'yinda Paxtakor jamoasiga omad,g'alaba qozonish nasib etsin
   
17 sen 00:23:38
barselona7
Пахтакор Элит лигада 12 жамоа орасила камида саккизинчи ўринни олиши керак манимча плей оффга чиқиш учун. Гуруҳдаги жамоалардан ва Пахтакорни ҳозирги таркиби ва кўрсатаётган ўйини Черанга таяниб қолганлиги ва Шацкихни тренерлик маҳоратидан келиб чиқса бу жудаям қийин масала.
   
16 sen 21:54:57
dinamo_real
20 гол качондан бери кам хисобланади.
   
16 sen 21:28:34
Bek
Пахтакорни урнида насафни курсатишкан шекилли бу тренерга кам гол утказга клуб деб))))) 20 та гол утказиб вар варай буб етибдию пахтакорда пропушенный мяч защытасиям вратариям тренериям гирт пахтакорни так что максни тотал масаласида текшириб куриш кере хохландияда еврейлани орасида юрвуриб бети котиб кеткан шароит борида сокка киволиш кере деб иш кивотканга ухшеди птак пахтакор улиб коган составдаям клубни бренди учунам ташашадиган команда хисобланади!! Судья бало баттар деган гаплани йигиштирила судяьла симпатия курсатиши бу пахтакор судьяни сотволди деганимас! Судьялаям одам тепадегила узини еурсатиб очковать килишни хохледи
-1   
17 sen 04:23:10
ПСЖ
Onasini ensin Joxongiru Makslari. Wu kot paxtakorri gullatolidi dip oylisilami. Dofiga soqqasi bor uwa stadioniniyam bir dganda chotkiy qib qoyolidi lekin qigani yoq) Soqqasi bor bitta legioneram sotvolomadi, malakasoslani tuwirvotti tajriba yo ikkita muxim penaltida yeb ketti chort. Soqqa tikiwmas buni rejasi, buni plani paxtakorri stadionini nmadur qlib soqqa keltradgon joy qliw. Jarda oynab oynab oxiri yo bop ketmasa boldi. Xojimi bitta oynavotgan? U bilan nima iw bitadi? Iwongani anu qari chol cheran,Ochu varataga zorga gol uradi. Olimpikdan oyinchila oldi xiwnima qbermayaptiyu blet. Sindirdi paxtakor uwa bollani. Mahamadjonov bunyodkorda zor oynirdi paxtakorda umuman korinmayapti. Bunaqasi ketmidi skvordilarin. Muhammadali Usmonov uwa cheranindan foydali iwla qvotudi bu krugda tuwirmadiyam anu Maks. Kot qvosalla komandani, iloji boricha kotinga tiqvosalla.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика