"Al Hilol" yirik transferni amalga oshirdi
17 jan 2024 23:59
Yangiliklar
Renan Lodi "Al Hilol"ning yangi futbolchisiga aylandi. "Atletiko" sobiq futbolchisi, so'nggi vaqtlarda "Marsel"da o'ynab kelgan futbolchi Saudiya Arabistoni ligasi etakchisi, yulduzlarga to'la jamoaga qo'shildi.

Lodi so'nggi 6 oy davomida "Marsel" sharafini himoya qildi. Bu vaqt ichida u Franciya jamoasi safida 23 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.
Endi 25 yoshli himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al Hilol” klubida davom ettiradi. U erda u Neymar, Aleksandar Mitrovich, Ruben Nevesh, Malkom, Sergey Milinkovich-Savich, Kalidu Kulibali va Yassin Bunu kabilar bilan uchrashadi.
"Marsel" o'z futbolchisini sotishdan 23 million evro ishlab oladi.
Lodi yangi jamoasi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Al Hilol" chempionlik sari intilmoqda, 19 turdan keyin ular ikkinchi o'rindagi "Al Nassr"dan 7 ochko oldinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar