So’nggi yangiliklar

21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  1 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  0 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  1 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  2 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  13 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  4 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  14 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  5

"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Nasaf" keyingi bosqichga chiqishga arziydigan jamoa" Yangiliklar

"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Nasaf" keyingi bosqichga chiqishga arziydigan jamoa"

"Nasaf" hamda "Al Faysali" o'rtasida o'tkazilgan OCHL guruh bosqichining 5-tur o'yinidan (3:1) keyin mehmon jamoa ustozi Ahmad Hayel matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ahmad Hayel: "Bugungi bahs uchun futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Birinchi bo'limni g'alaba bilan yakunladik. Birinchi taymdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi bo'limning boshida ikkita gol o'tkazib yubordik va bu futbolchilarimning motivaciyasiga tasir qildi. Qaytishga harakat qildik, ustunlikka ham erishdik. Penaltidan foydalana olmadik. Umuman olganda, jamoamning o'yinidan qoniqdim, natijada emas".

- "Al Faysali"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bugungi bahsdan so'ng imkoniyatlarimiz biroz pasaydi. Milliy chempionat va OCHLda yomon o'yin ko'rsatmayapmiz. Ushbu musobaqa guruh bosqichining so'nggi o'yini qoldi va unda yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Bu bizning so'nggi bahsimiz bo'lmasligi mumkin. Biroq bundan keyin bor etiborni milliy chempionatimizga qaratsak kerak.

- O'yindan oldin mehmon jamoa vakillari o'zgacha o'yin ko'rsatishlari haqida aytishgandi, bugun o'sha o'yinni namoyish eta olishdimi?

- Birinchi o'yinimizdan farqli ravishda bugun boshqacha taktika tanlagan edik. Rejamiz - himoyaviy o'yinga etibor berib, qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Ikkinchi bo'limda rejalarimiz buzilib ketdi. Raqibning ikkita golidan so'ng oldinga o'tishga majbur bo'ldik.

- "Al Sadd" "SHarja"ni mag'lub etdi. Guruhdagi intriga saqlanib qoldi. So'nggi tur oldidan keyingi bosqichga chiqishi mumkin bo'lga jamoa nomini ayta olasizmi?

- O'yin bo'yicha qaraydigan bo'lsak, "Nasaf" juda yaxshi nomzod. Ular bunga arziydi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика