So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Akbar Usmonov: “Futzalga bo'lgan etibor negadir tushib ketdi” Yangiliklar

Akbar Usmonov: “Futzalga bo'lgan etibor negadir tushib ketdi”

Futzal bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2017 yil Tailandda o'tgan U-20 Osiyo chempionatida qatnashib 13ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgan Akbar Usmonovni ko'pchilik tanisa kerak.

Biz bu mavsum Olmaliqning AGMK klubi sharafini himoya qilayotgan Usmonov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Qachon va qaerda tug'ilgansiz?
- 1997 yilning 9 mart sanasida Toshkent shahri SHayxontoxur tumanida tug'ilganman.

- Futzalga qachon kirib kelgansiz?
- Aslida faoliyatim katta futbolda boshlangan. BO'SM-2 jamoasida Rahmatov Rahim aka qo'l ostida shug'ullanganman. Keyin bir muddat futbolni tashlab qo'ydim. Bu orada bizning mahallaga Eliboevlar oilasi ko'chib kelishdi. Nodir Eliboev menga futzalda o'zingni sinab ko'r deb maslahat berdilar. So'ngra “Paxtakor” futzal jamoasida Ravshan Rajabov qo'l ostida o'ynay boshladim.  Aynan mana shu damda haqiqiy futzal faoliyatim boshlandi. “Paxtakor”dagi o'yinlarim orqali “Olmaliq” jamoasiga o'tdim. Keyinroq “Ardus”da Xose Mariya Mendez boshchiligida ijarada o'ynadim. Pulpis bilan U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etib keldik. Faoliyatimda uch kishi katta rol o'ynagan. Birinchisi Nodir Eliboev. Akamdek bo'lib qolgan insonga katta rahmat deyman. SHu darajaga chiqishimga asosiy rollarda bo'ldilar.
Keyingi inson Ravshan Rajabov. Futzaldagi birinchi murabbiyim. Hozirgi darajaga etib kelishimga katta yordam bergan inson, ularga ham rahmat deyman. Keyingi inson hozirgi murabbiyim Aleksandr Petrov. Ulardan ham ko'p narsa o'rganganmam va o'rganyapman.


- Xose Mariya Mendez haqida fikrlaringiz?

- Pulpis men uchun jahondagi eng kuchli murabbiy. U o'z ishining haqiqiy ustasi. Talabchan va kuchli ruhshunos desak ham bo'ladi. Aynan uning qo'l ostida U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etish va musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim. Mening yutuqlarimda Pulpisning xizmatlari juda katta. Xabaringiz bor, aynan mana shu murabbiy O'zbekiston futzal terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqdi. Yaxshi ham u O'zbekistonda ishlagan va ozgina bo'lsa ham bizga futzal nimaligini o'rgatib ketgan. Biz undan qarzdormiz!

- O'zbekistonning eng kuchli futzalchilari kimlar?

- Nodir Eliboev o'z davrining kuchli futzalchisi, hozirgi kunda murabbiy. Buning sababi u inson qo'shnim, akam bo'lgani uchun emas, haqiqatdan ham kuchli futzalchi bo'lganligi uchun kuchli dedim. U kishining futzaldagi faoliyati bunga yaqqol isbot.
Bugungi kunda Artur Yunusov, Davron CHoriev, Davron Abdurahmonov, Mashrab Odilov, Husniddin Nishonovni alohida ko'rsatgan bo'lardim. Bu bilan qolgan o'yinchilar kuchsiz deyishdan yiroqman. Bizda har doim kuchli o'yinchilar ko'p bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi.

- Bu yildan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati yangi formatga o'tdi...

- O'tgan yillarda bitta tur o'yini bitta shaharda o'tkazilar edi. Bu mavsumdan esa uy-safar tizimiga o'tildi. Bu tizim albatta qiziq o'tmoqda deyish mumkin. Ammo afsuski futzalimiz o'z darajasini yo'qotib bormoqda. Negadir futzalga etibor kamayib ketgan.

- Bu yilgi O'zbekiston chempionatida AGMK osongina chempion bo'ladimi?

- Hozirgacha jamoamiz yakka peshqadam bo'lib turibdi. Agar AGMK principial o'yinlarda ochko yo'qotmasa xudo xohlasa albatta chempion bo'ladi.


- “Ardus”ning yopilib ketganiga munosabatingiz?

- “Ardus”dek klubning yopilishi bu shunchaki achinarli hol tasavvur qiling bir necha yillar davomida eng asosiy klublardan bo'lib kelgan, doim yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan klub birdaniga yo'q bo'lib qolsa achinarli hol. CHunki u klubga kimning qancha mehnati singanini hammamiz yahshi bilamiz!

- Futzalni yoritishda OAV qanday ishlamoqda?

- Futzalni yoritish?  Menimcha futzal chempionati hech kimga kerakmas yoki qizig'i qolmagandek tuyulmoqda. Oldinlari har turda kamida ikkita o'yin yozib olib TV orqali ko'rsatilardi, hozir saytlarda ikki dona rasm ham chiqmayaptii. To'g'ri qaysidir klublarda matbuot xizmati futzalni yoritib bormoqda. Lekin umuman olganda achchiq bo'lsa ham aytaman: OAV katta futboldan ortmayaptii afsus.

- Akbar Usmonovning orzusi nima?

- Mening orzum ham, maqsadim ham bitta - ko'ksida O'zbekiston gerbi bor futbolkaga loyiq bo'lib, shu gerb uchun maydonda borimni tashab chiqib ketish uchun mehnat qilib yuraman. Hozircha o'sishmga juda katta yordam berishi mumkin bo'lgan 2018 yilgi Osiyo chempionatini o'tkazib yubordim. Mayli bo'lar o'tmishda qoldi. Kelajak hali oldinda. Mehnat qilshda davom etaman, muhimi mehnat erda qolmasa bo'ldi.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика