"Metallurg" Maksvel va yana uch nafar futbolchi bilan bitim imzoladi
07 mar 00:18
Yangiliklar
"Metallurg" Maksvel va yana uch nafar futbolchi bilan bitim imzoladi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" klubi selekciya ishlarini yakunladi.
"Tarkibni shakllantirish borasidagi say-harakatlar natijasi o'laroq, jamoamiz tarkibiga braziliyalik hujumchi Maksvel hamda iqtidorli himoyachilar Mirziyod Mirodilov, Usmonali Abdukarimov va Muhammadbobur Mo'ydinov bilan shartnoma imzoladi.
"Bu futbolchilar yangi mavsumda jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shishiga ishonib qolamiz va ularga omad yor bo'lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsiz deymiz.
Reglamentga muvofiq PRO-Ligada 25 nafar futbolchini mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Shu tariqa, jamoamiz ushbu ro'yxatdagi so'nggi futbolchilar bilan shartnoma imzolab, tarkib borasidagi ishlarni yakunladi", - deb yoziladi klub bayonotida.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar