Akbar Abdurasulov: "Raqobat hamma joyda bor. "Dinamo"ni o'zim tanladim"
10 dek 2024 16:10
Yangiliklar
Akbar Abdurasulov: "Raqobat hamma joyda bor. "Dinamo"ni o'zim tanladim"
Samarqandning "Dinamo" jamoasi kecha o'z safiga bir nechta futbolchilarni jalb qildi.
O'tgan mavsumni "Olimpik"da o'tkazgan Akbar Abdurasulov endi Vadim Abramov qo'l ostida to'p tepadi. Uning yangi jamoaga o'tishi haqidagi fikrlarini tingladik.
"Dinamo" "Olimpik" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
"Dinamo"ni o'zim tanladim. Fikrimcha, yaxshi qaror qabul qildim. Raqobat hamma joyda bor. Bundan qo'rqish kerak emas. Vadim Abramov yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Bu ham tanlovimda muhim rol o'ynadi.
"Olimpik" katta tajriba va tramplin bo'ldi. Murabbiylardan ko'p narsa o'rgandim. Barchalariga rahmat aytib qolaman",- deydi Akbar Abdurasulov.

Malumot uchun, futbolchi o'tgan mavsumda Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarket portali uning narxini 150 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar