So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Abror Ismoilov: "Neftchi" murabbiyidan hech qanday qo'ng'iroq bo'lmadi" Yangiliklar

Abror Ismoilov: "Neftchi" murabbiyidan hech qanday qo'ng'iroq bo'lmadi"

Xabaringiz bor, bugun mahoratli yarim himoyachi Abror Ismoilov "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, futbolchi qisqacha fikrlarini bildirdi. 

- Abror, “Navbahor”ga o'tishingizning asosiy sababi nimada? 

- Jamoaga o'tishimga “Navbahor” murabbiylar shtabining maksimal qiziqishi va Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynash imkoniyati yuzaga kelganligi sabab bo'ldi. “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan menga bir necha bor qo'ng'iroq qildi va meni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotganini aytdi. Samvel Vyacheslavovich “Navbahor”da men futbolchi sifatida o'sib, yanada oldinga qadam tashlab, yana O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga qaytishim va Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynashim mumkinligini takidladi. Bu esa yurtimizdagi har qanday futbolchining asosiy orzusi. 

SHuning uchun men ”Navbahor”ni tanladim va bundan afsuslanmayman. Afsuski, “Neftchi” murabbiyidan menga hech qanday qo'ng'iroq bo'lmadi. Menimcha, u menga ishonmadi, o'yin uslubimga tushmaydi, deya, o'yladi, shekilli. Albatta, bu achinarli. CHunki Farg'ona mening ona shahrim. 

Garchi “Neftchi”dan ketsamda, jamoa muxlislari, jamoadoshlarim va Farg'ona shahar rahbariyatining iliq munosabatini doimo minnatdorchilik bilan eslayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика