Abbosbek Fayzullaevga La Liga klubi ham qiziqish bildirmoqda
03 dek 2024 23:12
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaevga La Liga klubi ham qiziqish bildirmoqda
Avvalroq, futbolchiga "Monako"dan taklif bo'lgani haqida xabarlar chiqqandi.
CSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga La Liganing "Real Sosedad" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Metaratings nashri xabar berdi. Ispan klubi Fayzullaevni o'z tarkibiga qo'shib olishni niyat qilmoqda.
Malumot uchun, avvalroq, Fayzullaevga "Monako" klubi qiziqish bildirgani va futbolchi uchun 15 mln evrodan voz kechishga tayyorligi xabar qilingandi.
Abbosbek Fayzullaev ushbu mavsum CSKA tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar