Abbosbek Fayzullaev faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin
03 dek 2024 20:03
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin
Moskvaning CSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Monako"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, "Monako" Abbosbek Fayzullaev transferi uchun 15 million evro berishga tayyor, biroq "armiyachilar" qishki transfer oynasida sotishni istamayapti.
Joriy mavsum Abbosbek CSKA safida barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushdi va 3 gol urib, 6 ta golli uzatma etkazib berdi.
"Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchining transferini 6 million evroga baholamoqda. Fayzullaevning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Franciya chempionati 13-turidan keyin "Monako" 26 ochko bilan uchinchi pog'onani band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar