Abbos Maxstaliev nima uchun "Monako"ga o'tmagan? Uni Franciyaga olib borgan agent bor haqiqatni aytdi
20 mar 2024 12:30
Yangiliklar
Abbos Maxstaliev nima uchun "Monako"ga o'tmagan? Uni Franciyaga olib borgan agent bor haqiqatni aytdi
Sobiq agent, bugungi kunda "Paxtakor" klubida ishlayotgan Ravshan Salimov Abbos Maxstalievning o'z vaqtida "Monako"da ko'rikda bo'lib qaytganini yodga oldi.
"Abbosni "Monako"ga olib borganimdan keyin odamlar yillar davomida o'ylab topgan afsonalar bor: Maxstalievdan qon olishibdi, qonidan yoshini aniqlashibdi. Aslida bunday narsalar umuman bo'lmagan. Abbos bilan birga "Monako"ga borganmiz, u erda o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushgan va adashmasam 2ta golli uzatma bergandi. Ammo klubdagilar darhol aytishgan: bu futbolchining bo'yi o'smaydi va katta futbolda qiynaladi. To'g'ri klass bor, maydonni yaxshi ko'radi lekin boshqa o'smaydi deyishgan. Transfer amalga oshmaganiga asosiy sabab ham shu bo'lgan", - dedi "Paxtakor" vakili Ravshan Salimov "Markaziy sektor" podkastida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar