So’nggi yangiliklar

00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  9 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  7 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  46 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  190 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – ёрдамчи мураббий  33 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1

6+4+3. Kuzgi imtihondan yaxshi o'tdik Yangiliklar

6+4+3. Kuzgi imtihondan yaxshi o'tdik

Kuz oylarini o'z ichiga olgan FIFA kunlari tugadi, O'zbekiston milliy terma jamoasi uch oyda 6ta o'yin o'tkazib maksimal 18 ochkodan 13 ochko jamg'ardi.

Terma jamoamiz sentyabr, oktyabr va noyabr oyida uchtadan o'yinda maydonga tushdi. Kuzning birinchi oyida KXDR (1:0) va Qirg'iz Respublikasi (3:2) ustidan zafar quchgan bo'lsak, oktyabrda Eron bilan durang (0:0) qayd etib, BAAni kichik 1:0 hisobida mag'lub etdik. Bu oyda esa safarda Qatarga engilib so'ngra yana KXDRni 1:0 hisobida mag'lub etdik. SHunday qilib maksimal 18 ochkodan ikkitasi Eron va yana uch ochko Qatar bilan o'yinlarda boy berildi.

Agar guruhdagi jadvalga nazar tashlaydigan bo'lsak, 13 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borayotganimiz va eng yaqin taqibchimiz BAAni 3 ochkoga ortda qoldirayotganimiz birmuncha taskin beradi. Qolaversa Eron ham bizdan uzoqlashib ketmagan va 16 ochko to'plab peshqadamlik qilmoqda. Mabodo siz terma jamoa o'yinlarini ko'rmasdan shunchaki jadvalga nazar tashlab, O'zbekiston ikkinchi o'rinda borayotgani va 1-2 o'rinlar to'g'ridan to'g'ri Jahon chempionatiga chiqishini bilsangiz juda yaxshi imkoniyatga egaligimiz ko'rinadi.

Masalan, qolgan ikkita guruhdagi ikkinchi o'rin jamoalarini qaraylik. "B" guruhida 14 ochko bilan Janubiy Koreya peshqadam, 11 ochko to'plagan Iroq ikkinchi o'rinda bormoqda. "C" guruhida Yaponiya 16 ochko bilan yaqqol peshqadam va deyarli Jahon chempionatiga chiqib bo'ldi. Ikkinchi o'rindagi Avstraliya hisobida esa 7 ochko mavjud. Ko'p ehtimol bilan Yaponiya peshqadamlikni berib qo'ymaydi, bizning guruhda Eron, "B" guruhida Janubiy Koreya bilan ham shunday bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin. Bu o'rinda bizdan ikkinchi o'rindan pastga tushmaslik talab etiladi. BAA yoki Qatarni o'tkazib yubormasak bas, marra bizniki.




Muhimi - tablodagi hisob

Baribir hamma joyda tablodagi yakuniy hisob o'z so'zini aytadi va hisob-kitoblar shunga monand olib boriladi. O'yin qiyin o'tdi, oson o'tdi, hujum qildik-qilmadik - bu boshqa masala. O'yin qanday olib borilishi, mashg'ulotlarda nimalarga etibor qaratilishi va maydonda qanday harakat qilinishi - bular g'alaba sari etaklovchi vosita. Futbolni 90 daqiqa "miq etmay" kuzatadigan va yakuniy hisobni o'zida Full time ko'rinishida aks ettiruvchi LED ekranli tablo "nima desa shu".

Terma jamoamiz safarda Qatarga mag'lub bo'lgach, bosh murabbiy atrofidagi gap-so'zlar ko'paydi. Endi shu o'yinni tahlil qiladigan bo'lsak, biz 0:2ni 2:2ga aylantira oldik va katta jasorat ko'rsatdik. Abbos Fayzullaev bejizga Osiyoda "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" bo'lmaganini isbotladi va Qatarning ikki goliga o'zining ajoyib ikkita goli bilan javob qaytardi. Eng qizig'i, maydondagi futbolchilar orasida eng bo'yi past o'yinchimiz bosh bilan ikkita gol urib hammani lol qoldirdi. Gollarni nishonlagani esa komiks qahramonlarini eslatib yubordi.

Qatarning uchinchi goli tasodif bo'lmadi. Bu mashg'ulotlarda ishlangan usul samarasi. Akram Afif to'pni shunchaki jarima maydonchasi ichiga uztib berdi, keyin narigi futbolchi bosh bilan sherigiga etkazdi va Lukas Mendesning omadi kelib tepgan to'pi tasodifan golga aylanib qoldi deyish xato bo'ladi. Bu Qatarning oxirgi hujumi va oxirgi imkoniyati edi. SHuni bilgan Afif es-hushini yig'ib hammasini o'ylangan tartibda bajardi. Bu o'rinda faqat Mendesning zarbasi gol bo'ladimi, shu savol ochiq turgandi. Uning baxtiga zarba kuchli va to'g'ri chiqdi, natijada Qatar uch ochkoni qo'lga kiritdi.




Eng yaxshi taktika - foyda keltirayotgan taktika

Terma jamoamiz Qatarga imkoniyatni boy berganidan so'ng bosh murabbiy Srechko Katanec atrofidagi gaplar yanayam kuchaydi. Safarda KXDRni mag'lub etib qaytganimizga qaramay bu gaplar tingani yo'q. Fakt shuki, biz ikkinchi o'rindamiz va Jahon chempionatiga chiqish uchun qulay imkoniyatga egamiz. Murabbiy uslubi ko'rinmayapti, maydonda ko'p narsani futbolchilar hal qilmoqda kabi fikrlarga aytadigan gapimiz - shu o'yinchilarni maydonga tushirayotgan murabbiy emasmi? Yoki futbolchilarning o'zi sen asosiyda tushasan, sen zaxirada qolasan deb aniqlayaptimi?

Jahon futbolida ham ko'ryapmiz, murabbiylik oson emas. Hatto murabbiylarning eng old qatorida turadigan Gvardiolaning ham ketma-ket 5ta o'yinda mag'lubiyatga uchrab ishi yurishmay qoldi. Yoki bo'lmasa Karlo Ancheotti ham "Real" bilan oson bo'lmagan davrni boshdan o'tkazmoqda. Bu - futbol, doim ham bir kishiga omad kulib boqavermaydi. Biz esa terma jamoa va Katanecga omad kulib boqmoqda deyishimiz mumkin. Va omad oxirigacha biz bilan bo'lsa, ishoning kamida ikkinchi o'rin bilan mundialga yo'l olamiz.

Bugungi kun futbolida murabbiylar ishiga baho berish juda og'ir. SHunday ekan, bu o'rinda Katanecni qo'rqoqlikda ayblamay turganimiz maqul. Katanec ham, terma jamoamiz ham qo'rqoq emas, balki o'ta ehtiyotkor. Biz har bir o'yinga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz, uyda Eron bilan shunday bo'lgandi, hatto ular bir o'yinchi kam bo'lib qolganida ham birinchi navbatda gol o'tkazmaslikni o'ylab nihoyatda ehtiyot bilan yondashdik. Kartinaga umumiy nazar tashlasak, Eron bilan o'yindagi durang bir ochko taqdim etgani va Eron bizdan boshqa hammani mag'lub etganini hisobga olsak, to'g'ri yo'lda ekanimiz oydinlashadi.

Murabbiy Superligani kuzatmayapti?

O'FA Srechko Katanec bilan qanday shartlar asosida kelishganini bilmaymiz. Bilganimiz shuki, sloveniyalik murabbiy oldiga O'zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Hech bir shartda Siz Superligani kuzatishingiz shart deyilmagan bo'lsa kerak. Futbolchilarni o'zi tanlayapti va shular bilan maqsad sari harakat qilinyapti. Superligani kuzatish-kuzatmaslik ikkinchi masala. Negaki har bir murabbiyning o'z qarashi bo'ladi. Bundan tashqari tarkibimiz negizi legionerlardan iborat ekanini inobatga olsak, Katanec urg'uni legionerlarga beryapti.

O'zbekistondan chetga qancha ko'p futbolchi ketsa shuncha yaxshi. Lekin chetga borgandan keyin o'ynash ham kerak-da. Hozir faqat 3-4 futbolchimizni hisobga olmasak, qolganlar o'z klublarida etakchi emas. Masalan, Eldor SHomurodov "Roma"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sababli (demak sport formasi ham joyida bo'lmagan) terma jamoaga kelib jarohat oldi. Katanec Superligani kuzatish-kuzatmasligidan ko'ra legionerlarimiz o'yin amaliyotiga ega bo'lyaptimi degan savolga javob qidirish muhimroq deb o'ylayman. CHunki legionerlar terma jamoaga tayyor holda kelsa, bu hammamiz uchun foydali bo'ladi.




Kapadzega hali bor

Agar Katanec ketadigan bo'lsa, zukko jurnalistlarimiz o'rniga nomzod ham topib qo'yishdi: Timur Kapadze. Joyi kelganda aytib ketaylik, o'zbegimda bitta yaxshi matal bor - kechuvda otlar almashtirilmaydi. Biz katta daryo ichidamiz, hamma yoq suv toshqini, daryoning narigi tarafida mundial. Hartugul o'rtasidan o'tib oldik va buyog'iga atigi to'rt qadam qoldi.

Kechuvning muhim pallasida yo'lboshchini almashtirsak nima bo'ladi? Hammasi zo'r bo'lib ketishiga kim kafolat beradi? Mayli, Katanec qanaqa murabbiy bo'lsa ham o'z missiyasini oxirigacha bajarib qo'ysin. Qatardagi mag'lubiyatdan so'ng agar KXDR bilan ham ochko yo'qotadigan bo'lsak, murabbiyni o'zgartirish tarafdori edim, ammo g'alaba qo'lga kiritildi va endilikda murabbiyni almashtirishdan mani yo'q.

Timur Kapadzening Parij Olimpiadasida ishini ko'rdik, murabbiy hali qo'p izlanishim kerak dedi, yaxshisi unga xalaqit bermagan maqul. Kapadze yosh murabbiy, ehtimol keyingi cikllarda uning tajribasi asqotar, ammo hozir emas. Qolaversa, futbolchilarimizning o'zi ham Katanecdan minnatdor. Mabodo Katanec sog'lig'ini o'ylab o'z arizasiga binoan ishdan ketadigan bo'lsa, unda murabbiy masalasi asosiy planga chiqadi, lekin O'FA ketkizadigan bo'lsa, murabbiyga to'lanishi kerak bo'lgan tovon puli borki, buni ham unutmaylik. SHunday ekan, hozircha hammasini o'z o'rnida qoldirib bahorgi o'yinlarni kutganimiz maqul.

X.Xoliqov.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика