So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  1 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

56 yoshli mutaxassis Suriyada juda yaxshi imkoniyat bor demoqda Yangiliklar

56 yoshli mutaxassis Suriyada juda yaxshi imkoniyat bor demoqda

Bugun Malayziyada JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Suriya va Avstraliya o'rtasida dastlabki pley-off uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin bizning vaqt bilan 17:30da boshlanadi. Malumki, ikkala jamoa ham oxirgi saralash o'yinlarida o'z guruhlarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Suriyaga "Ozodi" stadionida Omar Al Somaning o'yin oxirida Eron darvzasiga kiritgan goli uchinchi o'rinni taqdim etgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

Endilikda bu jamoa Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Bu Suriyaning pley-off o'yinida birinchi bor maydonga tushishi emas. Jamoa 1985 yilgi saralash bahslarida ham pley-offga qadar etib kelgan va ikki o'yin natijasiga ko'ra Iroqqa 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Natijada Suriya 1986 yil Meksikada o'tkazilgan jahon chempionatiga bora olmagan. 

O'sha jamoa safida Suriya tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri Radvan Al SHeyx to'p tepgan. Bugungi kunda televidenieda sport sharhlovchisi bo'lib faoliyat yuritayotgan 56 yoshli mutaxassis 32 yil oldingi o'yinni yodga oldi: 

- "Iroq bilan kechgan o'yinda bizni qanday hissiyotlar qamrab olganini tushuntirib berishim qiyin. Hammamiz g'alaba qozonib jahon chempionatiga borishni juda xohlagandik. Men Damashqdagi o'yinda ishtirok etib, hatto Iroq darvozasiga gol urganman. Muxlislar bizni qo'llash maqsadida atayin Meksika shlyapalarini kiyib kelishgandi. Ammo ikkala uchrashuv natijasiga ko'ra yutqazib qo'yganmiz va bu juda alam qilgandi".

Radvan Al SHeyx hozirgi jamoa haqida gapirar ekan, Suriyada jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor deb o'ylaydi: 

- "Bizda katta ishtiyoqqa ega ajoyib jamoa bor. Bir qancha futbolchilarimiz xorijda to'p surib yaxshigina malaka oshirishdi va bu ham o'z mevasini berishi kerak. Avstraliyaga qarshi birinchi o'yinda nima bo'ladi bilmadim-u, lekin ikkita uchrashuv natijasiga ko'ra biz keyingi bosqichga yo'l olsak kerak. Har holda men bunga ishonaman. Agar raqibga o'z jarima maydonchamiz ichida o'yin bermasak, ularni yutsa bo'ladi. Suriyada o'yin yaxshi, biroq himoya kuchsiz. SHunga qaramay, men jamoamizga ishonaman va bundan 32 yil oldin o'xshamagan urinish bu safar o'xshaydi deb umid qilaman".


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика