JCH-2026 saralashi. Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlab berdi: Qatar va BAA bitta guruhda
17 iyu 12:18
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlab berdi: Qatar va BAA bitta guruhda
Xabaringiz bor, JCH 3-saralash bosqichida uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan oltita jamoa – Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari – 2025 yil 8 oktyabrdan 14 oktyabrgacha markazlashtirilgan formatda kurash olib borish uchun uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi. Guruh g'oliblari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. "A" guruhi bahslariga Qatar mezbonlik qilsa, "B" guruhi uchrashuvlari Saudiya Arabistonida o'tadi.
Marosimni Shin Man Gil bilan birgalikda O'zbekiston terma jamoasi ustozi Timur Kapadze olib bordi.
"A" guruhi
Qatar
BAA
O'mon
"B" guruhi
Saudiya Arabistoni
Iroq
Indoneziya
Har bir guruhning ikkinchi o'rin egalari 2025 yilning 13 va 18 noyabr kunlari FIFA pley-offiga chiqish uchun ikki o'yinli bellashuvda ishtirok etadi. G'olib FIFA pley-off turniriga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 iyun kuni BAA bilan durang qayd etib, muddatidan oldin JCHga yo'l olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar