So’nggi yangiliklar

21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  0 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  0 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   2 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  7 18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  11 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  1 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  13 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   2 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  29 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  5

JCH-2026ga savollar paydo bo'lmoqda. Ularga musobaqa startigacha javob topish shart Yangiliklar

JCH-2026ga savollar paydo bo'lmoqda. Ularga musobaqa startigacha javob topish shart

Futbolchilar ittifoqi sportchilar salomatligiga xavf solishi mumkin bo'lgan holatlarga etibor qaratishni so'ramoqda.

Yangi formatda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati nafaqat FIFAning musobaqani yangi bosqichga olib chiqish, uning obro'sini va tushadigan foyda miqdorini oshirishga qaratilgan. Balki keyingi yil mundialni qabul qiluvchi AQSHning imkoniyat va qudratini ko'z-ko'z qilishga qaratilgandek. Bugungi kunga kelib esa KJCHdan kamida bitta narsa uchun minnatdor bo'lishimiz mumkin. To'g'ri, bu balki eng asosiy muammo emasdir, ammo aynan shu masala deb yaqin oylar ko'pchilikning boshi qotishi aniq. Gap bazan inson hayoti uchun ham xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan o'ta yuqori havo harorati haqida ketmoqda.


Kimdir bu haqida o'ylaydimi?

2010 yil JCH-2022 musobaqasiga Qatar mezbonlik qilishi malum bo'lganida, "jazirama" mavzusi darhol o'rtaga tashlangandi. Natijada, ko'p cho'zib o'tirmay musobaqani noyabr va dekabr oylariga ko'chirish orqali echim topilgandi. JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo'lishi elon qilinganida, havo harorati bilan muammolar deyarli hech kimning xayoliga kelmadi. Sababi bu hududlar o'ta issiq zona sifatida qaralmaydi. Axir AQSH millionlar uchun "orzular mamlakati" hisoblanadi. Biroq klublar o'rtasidagi jahon chempionati futbolga befarq bo'lmagan ko'pchilikning "ko'zini ochdi".

Futbolchilar ittifoqi FIFPro bu borada konferenciya o'tkazishga ham ulgurdi va unda FIFA moliyaviy ustunliklar oldida sportchilar salomatligini xavf ostida qoldirishga tayyor.

Darvoqe, aynan AQSHda jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori haroratda o'tgan uchrashuv bo'lib o'tgan. Bu 1994 yil Meksika va Irlandiya termalari o'rtasida bo'lgan. O'sha bahs Floridada kunduzi, havo harorati 37 gradusda bo'lgan. Irlandiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Denis Irvin o'sha kunni quyidagicha yodga oladi:

"Bu dahshat edi. Maydonda havo harorati 40 gradusdan yuqori edi. Issiq va namlik tufayli koncentraciyani yo'qotmaslik mushkul edi. Biz shunday bo'lishini taxmin qilgandik va ho'l futbolkalarda mashq qilganmiz. Hozir kimdir bunday yo'l tutadi deb o'ylamayman. Hayotimda hech qachon maydonda bunchalik issiq bo'lmagan. Bilmasam, balki bu hayot uchun xavfli bo'lgandir".


Xavfli zonalar

FIFPro KJCHsini sinchkovlik bilan kuzatdi. Ittifoqning xulosasiga ko'ra, kamida 3 ta uchrashuv maksimal temperatura bo'yicha talablar tufayli o'tkazilmasligi kerak edi. Ammo ular o'tkazildi. Bu PSJ - "Atletiko", "Chelsi" - "Esperans" hamda "Benfika" - "Bavariya" o'yinlari. O'z bayonotlarida tashkilot quyidagi manbalar malumotlariga tayandi, WBGT – bu to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushish harorati, uning tushish burchagi, namlik, shamol tezligi, bulutlilik. U seziladigan haroratni va uning tanaga qanday tasir qilishini yaxshiroq hisobga oladi. Chunki 30 gradus turli faktorlar bilan birga, har xilolatda oson o'tkaziladigan issiq bo'lishi ham, o'limga sabab bo'luvchi muhit bo'lishi ham mumkin.

Bazi futbolchilar klublar o'rtasidagi jahon chempionatida hech qachon bunday sharoitlarni boshdan kechirmaganliklarini aytishgan. Misol uchun "Benfika" hujumchisi Andreas Shelderup "Bavariya" qarshi o'yindan keyin bu ekstremal tajriba bo'lganini takidlagan. WBGT ko'rsatkichi bo'yicha harorat 29,2 gradusni tashkil qilgan, shu o'rinda eslatib o'tamiz, MLS qoidalarida ham havo harorati 28 gradusni tashkil etsa, o'yinni boshqa vaqtga ko'chirish yoki to'xtatish belgilangan.

Bir qancha nufuzli nashrlar va FIFPro FIFA bilan bog'lanib, klublar o'rtasidagi jahon chempionati uchun harorat bo'yicha cheklovlar o'rnatilgan yoki yo'qligi borasida savol bilan murojaat qildi. Biroq, ular hech qachon javob olishmadi. Chamasi, o'zgarishlar tufayli bir nechcha karra oshgan etibor va foydadan "ko'zi ko'r bo'lgan" amaldorlar uchun AQSHdagi harorat syurpriz bo'ldi va ular operativ qaror qabul qila olishmadi.

Havo harorati va namlik bo'yicha malumotlarga tayanib, FIFPRo JCH-2026ga mezbonlik qilish kerak bo'lgan 6 nuqtani sportchilar hayoti uchun xavfli deb topdi. Bu Atlanta, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Missuri va Mayami, shuningdek, Meksikadagi Monterrey. Bu nuqtalarda issiq urishi va futbolchilar hushidan ketishi mumkin. Mutaxassislar issiq havoda to'p tepayotgan futbolchining tana harorati 40 gradusdan oshsa, futbolchilar mushaklar nazoratini yo'qotishi, harakat qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kognitiv qobiliyatlarini yo'qotishi va hokazolar uchrashi mumkin. Shu o'rinda takidlash lozim, Atlanta, Dallas va Xyustondagi arenalar tomi yopilib, kondicionirlar ishga tushirilishi imkoni mavjud.

Faollar KJCHda keyin JCH-2026 o'yinlarining shaharlar bo'yicha taqsimlanishiga o'zgarishlar kiritiladimi, degan savol bilan murojaat qilishdi. Biroq rasmiy javob bo'lmadi.

Vaqtdagi tafovut va momaqaldiroqlar

Yana bir jiddiy masala sifatida FIFAning Evropa teleradiokompaniyalariga moslashish uchun ko'p narsalarni o'zgartirib yuborayotganini aytish mumkin. To'g'ri, translyaciyalar uchun "eng yaxshi bozor" – bu Evropa. Biroq u erdagi muxlis Shimoliy Amerikadagi uchrashuvni qulay vaqtda tomosha qilishi uchun bahslar kun yarmida, tushlik vaqti boshlanishi zarur. FIFPro bu holatga jiddiyroq qarab, janubiy shaharlarda o'yinlarni bunchalik erta boshlamaslikka chaqirdi. Yana bir variant sifatida mutaxassislar o'yinlarni mahalliy vaqt bilan tonggi 7da boshlashni taklif qilishgan. Biroq bu futbolchilar rejimini butkul ostin-ustun qilib yuboradi. Shu sababli bu variantga murojaat qilinishi ehtimoli juda past. FIFPro Bosh kotibi Aleks Fillips bu borada shunday fikr bildirdi:

"Umid qilamizki, sog'lom, adekvat fikr g'alaba qozonadi. Biz hatto MLS qoidalarini ham etiborga olishimiz mumkin. Misol uchun, Floridada o'yinlar tushlik yoki peshin vaqtida o'ynalmaydi. Va bu qoida bir necha yillardan beri mavjud.

Biroq FIFA logistika bilan bog'liq muammolarga ham duch kelmoqda. 39 kun davomida 104 ta o'yin o'tkaziladi – sababi jamoalar soni 48 ta. Qandaydir o'zgarishlar uchun deyarli vaqt yo'q. Ayniqsa, bazi kunlari to'rttadan o'yin belgilanganini hisobga olsak.

Ammo issiqdan tashqari, yilning shu davrida AQSHda xavfli momaqaldiroqlar ham ko'p uchrab turadi. Shu kabi holatlarda o'yinlarni to'xtatib turish yoki keyinga qoldirish bo'yicha qatiy qoidalar mavjud. Hattoki klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ular sabab bazi o'yinlar vaqti o'zgardi. Jahon chemionati taqvimi esa undanda tig'iz ko'rinish olgan. Belgilangan vaqtlardagi istalgan o'zgarish zanjir reakciyasi singari katta tasir kuchiga ega bo'ladi.

Natijada, yana o'sha gapni takrorlashga majburmiz. FIFA katta pul va yangilik ortidan quvib, oddiy ammo muhim faktorlarni etibordan chetda qoldirdi. Ko'ramiz, tashkilot bu vaziyatdan qay yo'l bilan chiqarkin. Yoki KJCHda hech kim oftob urishidan yiqilib qolmagan bo'lsa, JCH-2026ni ham amallab o'tkazib yuborsa bo'ladi, deb hisoblarmikin. Lekin birgina holat yuz bersa, barchasi ayanchli yakun topshii mumkin va hamma ayb tashkilotchilarda bo'ladi.


Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
16 iyu 18:09:06
MENTAL!ST
AQSh biz o'ylaganchalik juda "shedriy" mamlakat emas ekan. Musoboqaga deyarli tayyorgarlik ko'rishmagan ekan. Men KJCh dan kattarow narsa kutgandim. Ammo, bu narsalar sodir bo'lmadi. Baribir, futbolning vatani Lotin Amerikasi va Yevropa, hozir esa Osiyo ekanligi ko'rinib qolyapti. O'z vaqtida Rossiya Jahon Chempionatini o'tkazaman deb juda katta harajatlar, qurilishlar, infratuzilmalarni yaratgan edi. Qatar ham huddi shunday qilgan. Yillab qurilishlar qilingan. Ammo, AQSh hatto o'zida bor stadionlarni remont ham qilib qo'ymabdi. MLS o'yinlarini kuzatib turaman. Hatto MLS o'yinlarida ham muhlislar ko'proq va dahshatliroq bo'lardi.
   
16 iyu 19:15:38
NEWS 24
Aqsh juda noqulay joy vaqt tornado yomgir momoaaldiroq tongi 4-5 larda oyinlar bolib o'tadi shirin uyqu va bomdot payt eng qulay vaqt tungi 23:00 dan 01:00 gacha
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика