So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  0 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  10 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

2026 yilgi Jahon chempionati chiptalari qachon sotuvga chiqishi malum Yangiliklar

2026 yilgi Jahon chempionati chiptalari qachon sotuvga chiqishi malum

Sentyabr oyida sotuvlar boshlanadi.

2026-yilgi jahon chempionati chiptalarini sotish dasturining birinchi bosqichi 2025 yil 10 sentyabrda boshlanishi Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) rasmiy saytida elon qilindi.

10 sentyabrdan boshlab muxlislar chipta sotib olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Agar arizalar soni chiptalar sonidan oshib ketsa, g'oliblar tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi. Chiptalarga bo'lgan yuqori talab kutilayotgani sababli, ular bosqichma-bosqich chiqariladi.

Shuni takidlash joizki, muxlislarga hozirdanoq FIFA saytidagi maxsus bo'limda ro'yxatdan o'tish va alohida identifikator yaratish tavsiya etilmoqda. Bu identifikatorsiz chiptalarni sotib olish imkonsiz bo'ladi.

"AQSHda o'tkazilgan klublar jahon chempionatining misli ko'rilmagan muvaffaqiyatidan so'ng, jahon chempionatiga bo'lgan qiziqish yangi cho'qqilarga ko'tarilmoqda. Biz butun dunyoni yana bir bor Shimoliy Amerikada kutib olishni intizorlik bilan kutmoqdamiz. U erda Kanada, Meksika va AQSH tarixdagi eng ulkan va ko'lamdor sport tadbirini o'tkazadi," - dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

2026-yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Bu turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqaning final bosqichi uchun qura tashlash marosimi dekabr oyida o'tkaziladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика