So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  0 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  10 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

JCH-2026 saralashi. Ertaga Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlaydi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. Ertaga Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlaydi

Ertaga, 17 iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi OFK binosida Jahon chempionati saralashi 4-bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Osiyoga ajratilgan 8 ta to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaning 6 tasi allaqachon o'z egalarini topgan. Uchinchi saralash bosqichida o'z guruhlarida uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar — Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA pley-off orqali yana bir imkoniyatga ega bo'lishadi. Bu o'yinlar 8 oktyabrdan 14 oktyabrga qadar bo'lib o'tadi.

Jamoalar uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi. Faqatgina guruh g'oliblari keyingi yildagi mundialga yo'l oladi. Har bir guruh markazlashtirilgan maydonda (Qatar va Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi) yagona davra tizimida o'ynaladi.

Qura tashlash uchun savatchalar (FIFA reytingiga qarab):

1-savatcha: Qatar (FIFA reytingidagi o'rni: 53), Saudiya Arabistoni (58)
2-savatcha: Iroq (59), BAA (66)
3-savatcha: O'mon (79), Indoneziya (118)

Ushbu guruh bosqichi yakunlangach, har bir guruhda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar 13 va 18 noyabr kunlari uy-safar tizimida pley-offda to'qnash kelishadi. Bu bosqich g'olibi Osiyo qitasidan FIFA qitalararo pley-off turnirida ishtirok etadi.


Etiborlisi ertangi qura marosimida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashadi va jamoalar qaysi guruhdan joy olishini aniqlab beradi. Biroz avval ertangi quraning repeticiyasi bo'lib o'tdi. Bu haqda Jamoliddin Bobojonov telegramdagi kanalida malum qildi. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика