28 oktyabr kuni "El-Klassiko"ni "Milliy" stadionda tomosha qilish mumkin
26 iyu 2018 18:00
Yangiliklar
28 oktyabr kuni "El-Klassiko"ni "Milliy" stadionda tomosha qilish mumkin
La liganing yangi mavsum uchun taqvimiga ko'ra, "Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi birinchi "El-Klassiko" LaLiganing 10-tur uchrashuvlari doirasida 28 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.
PFL hamda La liga o'zaro hamkorlikda butun dunyo futbol jamoatchiligi diqqat-markazida bo'ladigan mazkur o'yin targ'ibotini yurtimizda ham yanada kengaytirish maqsadida shu kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “Ommaviy El-Klassiko” tadbirini o'tkazishni rejalashtirishdi.
Mazkur tadbir doirasida Ispaniya va O'zbekistonning faxriy futbolchilari ishtirokida ko'rgazmali futbol o'yini tashkil etish mo'ljallanmoqda. Unda har ikki jamoa tarkibida ham bir nafardan mashxur sobiq “charm to'p” ustalari qatnashishi ko'zda tutilgan.
Ko'rgazmali futbol uchrashuvidan so'ng stadionga yig'ilgan barcha katta ekranda "Barselona" – "Real" o'yinini tomosha qilishi rejelashtirilgan.
Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Fikrlar