"Real" yoki Argentina? Mastantuono oldida qiyin tanlov
12 sen 13:14
Yangiliklar


"Real" yoki Argentina? Mastantuono oldida qiyin tanlov
Bu holatda futbolchi Madrid klubining o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Agar Argentina finalga chiqsa, Mastantuono o'tgan yozda ko'chib o'tgan "Real" safidagi 7 ta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Yakuniy qaror "Real" ixtiyorida.
18 yoshli argentinalik vinger Ekvadorga qarshi o'ynadi va ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi. 10 sentyabr kuni bo'lib o'tgan ushbu o'yinda Mastantuono Argentina terma jamoasi tarixida afsonaviy 10-raqam ostida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi – xuddi shu raqam ostida Diego Maradona va Lionel Messi o'ynagan.
"Real"ning yosh futbolchisi 18 yoshu 27 kunligida Ekvadorga qarshi maydonga tushib, Maradonaning 18 yoshu 9 oy va 3 kunlik rekordini yangiladi.
Mastantuono shu yilning iyul oyida "Real"ga o'tgan, ammo avgust oyida, 18 yoshga to'lganidan keyin jamoaga qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar