So’nggi yangiliklar

20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  1 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  4 18:49Мбаппе жароҳат олди  6 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  11 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  3 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  8 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7

22 yoshda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Andrey Akopyanc hozir qaerda? Yangiliklar

22 yoshda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Andrey Akopyanc hozir qaerda?

"Ular qaerda" rukni orqali sobiq futbolchilar, muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan yulduzlar va murabbiylarning bugungi kundagi faoliyati haqida malumot berib kelyapmiz.

Bugun takliflarni inobatga olgan holda Andrey Akopyanc haqida hikoya qilishga qaror qildik. Tezkor harakat va betakror driblingga ega futbolchi yodingizda bo'lsa kerak. 

Andrey Akopovich Akopyanc - 1977 yil 27 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Faoliyatining ilk yillarida Toshkentning "CHilonzor" va "Istiqlol" jamoalari to'p tepgan. Andrey 1996 yili 19 yoshida "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolaydi. To'rt mavsum davomida shonli klub sharafini himoya qilgan Akopyanc 1998 yilda O'zbekiston chempioni bo'lgan. Oradan bir yil o'tib esa mamlakatimizning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 

"Paxtakor"dagi yorqin o'yinlari sabab unga Rossiya klublari qiziqish bildira boshladi. Uning agentlari "Zenit", "Krilya Sovetov" klublari bilan muzokara olib borgan bo'lsa-da, yakunda yarim himoyachi "Rostselmash" (hozirgi "Rostov") jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. U 2000-2005 yillar oralig'ida rostovdonliklar safida 116 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan. Akopyanc 2006 yilgi mavsumni Rossiyaning yana bir klubi "CHernomorec" tarkibida o'tkazdi. 2007 yili yarim mavsum Belarusning "Darida" klubida o'ynagan futbolchimiz keyin Latviyaning "Daugava"siga ko'chib o'tdi. Bu jamoada u bir yil o'ynadi. SHundan so'ng yana jonajon "Paxtakor" jamoasiga qaytdi. Lekin u Toshkentda uzoq qolmadi. 2009 yilgi mavsumni Samarqandning "Dinamo"sida o'tkazgach, yana Rossiyaga yo'l oladi. U erda FNL klublari - "Nijniy Novgorod", "Luch-Energiya", "Fakel", "Ximik" safida to'p tepadi. 2014 yilda "Buxoro" jamoasi Andreyni o'z safiga qo'shib olgan. Yarim mavsum buxorolik libosida harakat qilgan Akopyanc ikkinchi davrada "Neftchi"da o'ynaydi. Aynan farg'onaliklar tarkibidagi o'yinlari bilan O'zbekistondagi faoliyatini yakunlaydi.

SHundan so'ng Akopyanc o'zi uchun qadrli bo'lib qolgan, qaysidir manoda ikkinchi uyiga aylangan Rostov-Donga qaytdi va 2016 yilgacha Rostov viloyati chempionatining turli klublarida to'p tepdi. Aynan o'sha yili Rostov-na-Donuning "Arsenal 2005" klubida murabbiylikdagi faoliyatini boshladi.

Andrey Akopyanc O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan. "Paxtakor" va terma jamoa libosidagi yorqin o'yinlari sabab u muxlislar yoqimtoyiga aylangan. Akopyanc milliy jamoa libosida ilk bor 1998 yil Hindistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Vega da Silva uni ilk bor terma jamoaga jalb etgandi. U 2000 va 2004 yilgi Osiyo Kuboklarida ishtirok etgan. 2005 yil JCH-2005 saralash bosqichidagi mehmonda Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv uning faoliyatidagi milliy terma jamoa safidagi oxirgi o'yin bo'ldi. Andrey Akopyanc bir necha yillardan beri "Rostov" akademiyasida bolalarga murabbiylik qilib kelmoqda. 


Keyingi xabarlarimizda qaysi futbolchi haqida malumot olishni istaysiz? 


1-son. Jahon chempionatida qatnashgan, "Paxtakor" bilan sovrinlarni yutgan Ildar Magdeev hozir qaerda?

2-son. Osiyo vice-chempioni, "Nasaf"da porlagan Kenja To'raev hozir qaerda? 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика